Zamonaviy kompyuter jamlanmalari Jizzaxga ham yetib bordi
Maktablarni zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlash, bu orqali o‘quvchi yoshlarning zamon talabi andozalariga mos ravishda bilim olishlari uchun zarur sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hududlarga taqdim etilayotgan komyuter jamlanmalari Jizzax viloyatiga ham yetib bordi.
Endilikda zamonaviy kompyuterlarga ehtiyoji bor 184 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablariga o‘quv yili oldidan mazkur komyuter jamlanmalari o‘rnatib beriladi.