Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari O‘rta Chirchiq tumanidagi yoshlar bilan uchrashishdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan vazirlikka biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqotda bo‘lish, ularning muammo va takliflarni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilib kelinmoqda.
Uchrashuvda vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev, vazir o‘rinbosarlari Dilshod Kenjayev,Uzoqboy Begimqulov va Temur Komilovga biriktirilgan 23 nafar yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda yoshlar o‘z muammolari va kelajak rejalari bilan bo‘lishishdi hamda ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirishdi.
Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad yoshlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.
Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning muammolari joyida o‘rganilib, ularga sovun ishlab chiqarishga mo‘ljallangan uskuna, avtomobillarni yuvish uchun mini bosimli yuvish vositasi, musiqa asboblari va boshqa kerakli maishiy buyumlar taqdim etildi.