Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga ko‘plab ota-onalar tomonidan Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli yuzasidan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqib, Agentlik rejalashtirilganidan oldinroq yaʼni 20-iyundan – 10-iyulga qadar Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabulini ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirilishini maʼlim qilamiz.
Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
Talabgorning:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfiga;
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga;
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.
Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.