XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI USAID BILAN HAMKORLIKDA YANGI TA’LIM STANDARTLARINI ISHLAB CHIQADI

14-yanvar 2021-yil
image

Xalq ta’limi vazirligi AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilari uchun sinflar va fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishning yangi standartlarini joriy etmoqda. Mazkur standartlar vazirlikka xar bir sinf kesimida o‘quvchilar bilimini aniqlash, sohada o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarni ishlab chiqish imkonini beradi. Bu esa tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan maktab bitiruvchilarini yetishtirib beradigan sifatli ta’lim tizimini yaratishning fundamental asoslaridan biridir.

Joriy yilning 14 yanvaridan 1 fevraliga qadar ta’lim sohasining 60 dan ortiq mutaxassislari USAID tomonidan moliyalashtirilgan Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan «O‘zbekistonda barkamollik uchun ta’lim dasturi» ta’lim standartlarini taqriz qilish bo‘yicha seminarda ishtirok etadi. Seminarning maqsadi vazirlik xodimlarini ona tili va matematika fanlaridan (1-4 sinflar uchun) hamda informatika va axborot texnologiyalari fanidan (1-11 sinflar uchun) ta’lim standartlarining loyihasini taqriz qilishga tayyorlashdan iborat.

«Ushbu seminar xodimlarimizning ona tili, matematika va informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan ta’lim standartlari loyihalarini puxta taqriz qilish bo‘yicha malakasini oshiradi. Aniq standartlar asosida o‘qitish va bilim olish yuqori sifatli ta’lim standartlari asosini tashkil etadi hamda o‘quvchilarning bilim olishdagi natijalarini yanada yaxshilaydi», — deydi Xalq ta’limi vazirligining Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov.

 

Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’lim tizimini tizimli va kompleks isloh qilishning ulkan dasturini amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. USAID vazirlikni islohotlarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash uchun 2019 yilning dekabr oyida to‘rt yillik «O‘zbekistonda barkamollik uchun ta’lim dasturi»ning ijrosini boshladi. Dastur AQSHning Research Triangle Institute (RTI) va uning hamkorlari bo‘lgan Florida davlat universiteti va Mississippi davlat universiteti tomonidan amalga oshiriladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu