Hurmatli ota-onalar!
Ma’lumki, umumta’lim maktablarining isitish tizimining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashi, ulardagi muhandislik kommunikasiyalarning ishchi holatda saqlanishi, shu yo‘nalishda olib boriladigan qurilish-ta’mirlash ishlariga mahalliy davlat hokimiyat organlari mas’ul etib belgilangan.
Bugun 11 yanvar kuni barcha maktablarda yangi III chorak boshlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga qishki mavsumda barcha maktablarning issiqlik tizimini barqaror ishlashi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan, shuning uchun agarda joylarda muammolar bo‘lsa hududiy shtablar orqali operativ ravishda choralar ko‘rib borilmoqda.
Mazkur masalada Xalq ta’limi vazirligining hududlardagi shtablari tashkil etilgan bo‘lib, ularga mazkur havoladagi raqamlar orqali murojaat qilish imkoniyati ham mavjud.
Agar siz hududlardagi shtablarga murojaat qilgan bo‘lsangiz, ammo hali xam maktabingizda issiqlik tizimining ishlashi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa, Xalq ta’limi vazirligining (71) 202 09 09 raqamli murojaatlar markaziga murojaat qilishingiz ham mumkinligini ma’lum qilamiz.
Ushbu murojaatlarni respublika kuz-qish shtabi hamda hududiy shtablar bilan hamkorlikda hal etish choralari ko‘riladi.