Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, ularni qishki ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazish, sport bilan shug‘ullantirish samaradorligini yanada oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, umumta’lim maktabi o‘quvchilarning qishki ta’til davomida «Qishki ta’til - sport bilan» shiori ostida sport musobaqalarini yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunga qadar sportning stol tennis, mini-futbol, shaxmat, voleybol turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, unda 10 ming nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etdilar.
Bu kabi musobaqalar o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularda o‘zaro do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mazkur sport musobaqalarning g‘olib va sovrindorlari diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.