Joriy yilning may oyida Asosiy olimpiadaning IV (Respublika) bosqichi o‘tkaziladi
Joriy yilning may oyida akademik litseylar, kasb-hunar maktablari hamda xususiy maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida Asosiy olimpiada tashkil etilishi belgilangan.
2022/2023-o‘quv yilida hududiy bosqichda 1-2-3-o‘rinlarni egallagan 696 nafar bitiruvchi sinf o‘quvchilari IV (Respublika) bosqichida ishtirok etishi kutilmoqda.
Mazkur olimpiadalarning o‘tkazalishiga doir to‘liq ma’lumotlar bilan (joy, sana va fanlar) quyida tanishing:
14-17-may kunlari Farg‘ona viloyati (Farg‘ona shahar, Xorijiy tillar maktab-internati)da ona tili va adabiyot, rus tili, o‘zbek tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti, qozoq tili, tojik tili, tarix, geografiya fanlaridan;
19-20-may kunlari Buxoro viloyati (Buxoro shahar, 23-son maxsus maktab-internati)da fizika, kimyo, biologiya fanlaridan;
19-20-may kunlari Toshkent shahri (Amity universiteti)da matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan;
21-22-may kunlari Toshkent shahri (Amity universiteti)da ingliz tili, nemis tili, fransuz tili fanlaridan;
27-28-may kunlari Toshkent shahri (Olmazor tumani 102-son maxsus maktab-internati)da Maxsus maktablar uchun matematika, ona tili va adabiyot, tarix fanlaridan asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 21-22-may kunlari Buxoro viloyati (Buxoro shahar, 23-son maxsus maktab-internati)da fizika, kimyo, biologiya fanlaridan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiada o‘tkaziladi.
Mazkur olimpiadalardagi tegishli vazifalarni bajarish uchun (insho, test, masala, essay) belgilangan vaqt muddatlari beriladi.
Eslatma: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari va ularning o‘quvchilari ishtirokida o‘tkaziladigan barcha turdagi olimpiadalar haqida vazirlikning rasmiy manbalari (olympiad.uzedu.uz, @olimpdep) orqali ishonchli va to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.