TOSHKENT SHAHRIDA YANGI QURILGAN CHINOBOD PLAZA SANATORIYASINING BIRINCHI MEHMONLARI HUDUDLARDAN TASHRIF BUYURGAN PEDAGOGLAR BO‘LDI 

5-yanvar 2021-yil
image

O‘qituvchi kasbini mamlakatimizdagi eng obro‘li kasbga aylantirish bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifaning amaliy ijrosi yangi yilning birinchi ish kunidan boshlandi. Toshkent shahrida yangi qurilgan eng zamonaviy Chinobod Plaza sanatoriyasi birinchi mehmonlari sifatida respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan pedagoglar uchun o‘z eshiklarini ochdi.

Sanatoriyadagi yaratilgan sharoitlarni ko‘rib o‘zimning ham havasim keldi. Bu yerda haqiqatda dam olish va davolanish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, hurmatli pedagoglarimiz sog‘liqni tiklab olganlaridan keyin yangi g‘ayratlari bilan joylarga borib, o‘z ijodiy faoliyatlarini davom ettirishlari uchun imkoniyatlari yanada yaxshilanadi deb umid qilamiz.

Shunisi quvonarliki, bu yil ilk bora 13,5 ming nafardan ortiq pedagoglarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi tomonidan sanatoriyalarda bepul dam olib, sog‘liqlarini tiklash imkoniyati rejalashtirilgan. Prezidentimizning ushbu tashabbuslarini bunday yuqori darajada ijrosini tashkil etishni boshlaganliklari uchun kasaba uyushmalari federasiyasiga minnatdorchilik bildiramiz.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu