Eksternat tartibida yakuniy attestatsiyalarda ishtirok etish uchun 9307 nafar fuqaroning arizasi qabul qilindi
Avval xabar berganimizdek, bu yil ilk bor o‘z vaqtida umumiy o‘rta taʼlim olmagan fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqini taʼminlash maqsadida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirish uchun davlat xizmatlari joriy etildi.
Fuqarolarga shu yilning 1-martidan 1-mayiga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ariza berish imkoniyati yaratildi.
Eksternlar belgilangan tartibda joriy yilning 26-mayidan 20-iyuniga qadar yakuniy davlat attestatsiyalarini topshiradi. Yakuniy attestatsiyalardan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarga umumiy o‘rta taʼlim (tayanch maʼlumot to‘g‘risida) shahodatnoma beriladi.
Ishtirokchilarga imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishlarida omad tilaymiz.