Joriy yildan boshlab nodavlat taʼlim tashkilotlari ham baholash reytingida ishtirok etishlari mumkin

27-aprel 2023-yil
image

Joriy yildan boshlab nodavlat taʼlim tashkilotlari ham baholash reytingida ishtirok etishlari mumkin

Xabaringiz bor, Hukumatning tegishli qarori asosida o‘quvchilarning fan bo‘yicha egallagan bilimlari bilan bir qatorda o‘quvchilarning hayotga tayyorgarlik darajasi (bilim darajasi, oliygohlarga kirish ko‘rsatkichi, xorijiy tilni bilish darajasi), pedagoglarning sifat tarkibi va salohiyati (oliy va birinchi toifaga ega pedagoglar ulushi), maktablardagi maʼnaviy-maʼrifiy va o‘quv-tarbiyaviy muhit hamda mahalliy hokimliklarning maktablar rivoji uchun qo‘shgan hissasini inobatga olgan holda tuman (shahar)lar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kesimida umumtaʼlim muassasalarining reytingi tuzib kelinmoqda.

Ushbu jarayonda qurʼa tashlash yo‘li bilan tanlab olingan 10 foiz maktablardagi 9-sinf o‘quvchilarining bilimlari baholanadi, o‘qituvchilar o‘rtasida xalqaro TALIS baholash dasturi metodikasi asosida ijtimoiy so‘rovnoma o'tkaziladi.

Joriy yilda mazkur jarayonlarga yangilik kiritish maqsadida yurtimizda faoliyat olib borayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini ham baholash nazarda tutilmoqda.

Shu munosabat bilan milliy reytingda ishtirok etish istagini bildirgan nodavlat taʼlim tashkilotlarini https://forms.gle/tAhZ5EbfbiZBLURS7 havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘rab qolamiz.
 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu