Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuklatilgan vazifalar va topshiriqlar doirasida 2023-yil davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
QONUNCHILIK BAZASINI MUSTAHKAMLASH YOʻNALISHIDA:
2023-yilda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi faoliyatiga oid jami 20 ta qonunchilik hujjatlari, jumladan, 1 ta Prezident Farmoni, 1 ta Prezident qarori, 6 ta Vazirlar Mahkamasi qarori, 7 ta Vazirlar Mahkamasi farmoyish va 5 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
MAKTABGACHA TAʼLIM FAOLIYATI YOʻNALISHIDA:
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 33 942 taga yetkazildi. 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 74 foizga, 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov qamrovi 93 foizga yetkazildi.
Davlat-xususiy sherikchilik asosida 7 100 oʻrinli 71 ta, oilaviy shaklda 116 998 oʻrinli 4 402 ta nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etildi.
26 890 quvvat (oʻrin)ga ega boʻlgan 168 ta (53 ta yangi qurilish va 113 ta rekonstruksiya, 2 ta mukammal taʼmirlash) obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshiriladi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi oliy maʼlumotli kadrlar ulushi 34,6 foizga yetkaziladi.
14 ming nafar rahbar va pedagog kadrlarning malakasi oshirildi.
335 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda 370 ta boshlangʻich taʼlimga bir yillik majburiy tayyorlov guruhlari 122,2 mlrd.soʻmlik mebel va boshqa jihozlar bilan taʼminlandi.
Respublikadagi barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar uchun yagona mavsumiy taomnoma joriy etildi.
AQSH qishloq xoʻjaligi agentligining Oʻzbekistondagi “Mercy corps” filiali hamkorligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi 166 ta DMTTning umumiy ovqatlanish shoxobchalari, sanitariya-gigiyena obyektlari infratuzilmasi, suv taʼminoti yaxshilandi.
UMUMTAʼLIM MAKTABLARI FAOLIYATI YOʻNALISHIDA:
Maktablar soni 10 163 taga, oʻquvchilar soni 6 476 091 nafarga yetdi.
37 ta maktab filiallariga umumiy oʻrta taʼlim maktabi maqomi berildi.
Maktablarning 1-sinfiga 689 726 nafar bolalar qabul qilindi va “Prezident sovgʻasi” berildi.
Masofadan yoki “bir darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlari joriy etilishi (kengaytirilishi) natijasida:
974 778 nafar bitiruvchiga (9- va 11-sinf) elektron shahodatnoma berildi, 75 193 nafar oʻquvchi maktabdan-maktabga koʻchirildi, 54 772 nafar fuqaroga shahodatnoma dublikati berildi, 1-sinfga oʻquvchilarni masofadan qabul qilish tizimi 1 160 ta maktabga tatbiq etildi.
11-sinf bitiruvchilarining 11 879 nafari oltin medal va 2 050 nafari kumush medal bilan taqdirlandi.
Maktab bitiruvchilarning OTMga kirishdagi oʻrtacha bali 77,1 ballga yetkazildi, shundan 77 foiz davlat granti oʻrinlarini joriy yil bitiruvchilari egalladi.
500 ta maktabda Prezident maktablarining baholash tizimini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov jarayonlari va 135 ta maktabda 4 ta yoʻnalish (matematika-fizika, matematika-chet tili, ona tili-chet tili, kimyo-biologiya) boʻyicha fanlarni tanlash imkonini beradigan maxsus oʻquv-rejalar joriy etildi.
Yangi metodikalar asosida yaratilgan va xalqaro ekspertizadan oʻtkazilgan 495 nomdagi darsliklar boshlangʻich sinflar uchun, ingliz, fransuz va nemis tillari boʻyicha xalqaro nashriyotlarining (Kembridj, Klett, Didyer) mahalliylashtirilgan 88 nomdagi darsliklari barcha sinflarda tatbiq etildi.
Oʻquvchilari uchun 63,1 mln. nusxa darslik chop etildi.
Maktablardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit yaxshilash borasida olib borilgan ishlar natijasida “qizil” toifaga kiritilgan maktablar soni 1 526 tadan 404 ta kamaydi.
litsenziyalash tartiblarini soddalashtirilishi natijasida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari soni 449 taga (2022-y. – 335 ta) yetkazildi.
OʻQUVCHILARNING OLIMPIADALARDAGI ISHTIROKI YOʻNALISHIDA:
5 ta eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida jami 13 ta medal, boshqa xalqaro olimpiadalarda 52 ta medal qoʻlga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan eng nufuzli Xalqaro kimyo va Xalqaro informatika olimpiadalariga 2026-yilda mezbonlik qilishni qoʻlga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi tashkil etilib, unga 6 885 ta maktab, 34 375 nafar oʻquvchi qamrab olindi.
XALQARO MUNOSABATLAR YOʻNALISHIDA:
Maktablarga 500 nafar xorijlik mutaxassislar jalb etildi.
PISA xalqaro baholash tadqiqotlari natijalari eʼlon qilinib, Oʻzbekistonning matematik savodxonlik yoʻnalishida oʻrtacha koʻrsatkichi 364 ball (72 oʻrin), oʻqish savodxonligi yoʻnalishida 336 ball (80-oʻrin), tabiiy-ilmiy savodxonlik yoʻnalishi boʻyicha esa 355 ballni (80-oʻrin) tashkil etdi.
Buyuk Britaniyaning Portsmut universitetida joriy yilning noyabr oyida 30 nafar maktab direktori malakasi oshirildi.
28 ta xalqaro donor tashkilot ishtirokida “Oʻzbekistonda taʼlim tizimini isloh qilish boʻyicha 2023-2026-yillarga moʻljallangan kelishuv” (Partnership Compact) tasdiqlanib, 600 mln dollariga teng loyihalar belgilandi. Maktabgacha taʼlim sohasida 7,55 mln dollar (rejaga nisbatan 101 foiz) investitsiyalar oʻzlashtiriladi.
Birinchi Markaziy Osiyo xalqaro eko-oromgohi tashkil etildi
va ekologik taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan “Barqaror rivojlanish madaniyatini qoʻllab-quvvatlash, bolalar va yoshlarini iqlim masalalariga jalb qilish boʻyicha” milliy va mintaqaviy strategiyalar qabul qilindi.
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston professional taʼlim tizimida islohotlar va zamonaviylashtirish jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti raisligi doirasida 7-“Taʼlim vazirlari uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston Respublikalari taʼlim sohasiga masʼul vazirliklarining rahbarlari, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi va Xalqaro turkiy akademiyaning vakillari ishtirok etdi.
“Yangi Oʻzbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va maʼrifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida “Oʻzbekiston – sogʻlom va bilimli jamiyat” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etilib, unda qator xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning taʼlim sohasi vakillari ishtirok etdi.
IJTIMOIY HIMOYA QILISH VA INKLYUZIV TAʼLIMNI RIVOJLANTIRISH YOʻNALISHIDA:
Inklyuziv taʼlimni bosqichma-bosqich rivojlantirib borish maqsadida inklyuziv taʼlim joriy etilgan maktablar soni 415 ta (2022-yilga nisbatan 2 baravar koʻp) ga, ulardagi oʻquvchilar soni 736 nafar (2022-yilga nisbatan 200 nafar koʻp) ga yetdi. Inklyuziv taʼlim jarayonida ishtirok etuvchi 1431 nafar pedagog xodimlarning malakasi oshirilib, sertifikat taqdim etildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Fargʻona viloyatlarida “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi filiallari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, ularda 1172 nafar bolalar taʼlim-tarbiya bilan qamrab olindi.
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning 153 nafari uy-joy bilan taʼminlandi, 1105 nafari esa oliy taʼlim muassasalariga davlat grandi asosida oʻqishga qabul qilindi.
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan (eshitishidan nuqsoni boʻlgan) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning 2034 nafar oʻquvchilari Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy amaliy tibbiyot markazining malakali shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Eshitishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarning 350 nafari bepul eshitish apparatlari bilan taʼminlandi.
“Zamin” xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikda “Eshitishni xohlayman!” “Zamin creative”, “Zamin education”, “Inklyuziv taʼlim” kabi loyihalar yoʻlga qoʻyildi va ushbu loyihalar doirasida 500 nafardan ortiq pedagog xodimlar, 1000 nafardan ortiq oʻquvchilar uchun oʻquv-seminarlar, turli tadbirlar va IT oromgohi tashkil etildi.
Alohida taʼlim ehtiyoji boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-interntalari oʻquvchilari oʻrtasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalari tashkil qilinib, unda 7500 nafar nogironligi boʻlgan bolalr qamrab olindi.
Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” taʼlim muassasalri oʻquvchilari oʻrtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil qilindi.
PEDAGOGLARNING MALAKASINI OSHIRISH YOʻNALISHIDA:
Umumtaʼlim maktablaridagi 500,4 ming nafar pedagoglarning (226,4 ming nafari oflayn, 229,4 ming nafari onlayn) malakasi oshirildi.
Malaka sertifikatiga ega oʻqituvchilar soni 37 844 nafar (shundan 32 843 nafari yuqori darajadagi sertifikatga ega)ni tashkil etadi.
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti 12 ming nafar rahbar va mutaxassis xodim oʻqitildi, Institutning ilmiy salohiyati 57,1 foizga yetkazilib, 54 ta ilmiy maqola, 5 ta monografiya chop etildi.
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) kurslarini tabaqalashtirilgan tarzda tashkil etish maqsadida 367 ming nafardan ziyod oʻqituvchi kasbiy diagnostika testlaridan oʻtkazildi.
Pedagogika fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun 2 ta, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 4 ta dissertatsiya himoya qilindi.
OʻQUVCHILARNI KASBGA TAYYORLASH YOʻNALISHIDA:
Maktablarda 1-11-sinf oʻquvchilarini kasbga yoʻnaltirish boʻyicha yangi “Kasbga yoʻnaltirish tizimi” joriy etildi.
Har bir tuman (shahar)da bittadan, jami 208 ta maktabda
17 082 nafar (8 454 nafari qizlar, 49,5 foiz) 10-sinf oʻquvchilariga 3 ta yoʻnalishda kasb-hunar oʻrgatish tizimi joriy etildi.
10-sinflar uchun “Kasbiy taʼlim” fani joriy etildi va ushbu fanga haftasiga 2 oʻquv soati ajratildi.
Oʻquvchilarga 15 ta ishchi kasb, 4 ta tadbirkorlik, 8 ta axborot texnologiyalari yoʻnalishida kasb-hunar oʻrgatish yoʻlga qoʻyildi.
Oʻquvchilarni kasb va mutaxassislarning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 2023/2024 oʻquv yilida 1,8 mln nafardan ortiq oʻquvchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va agrotexnologiya yoʻnalishidagi korxonalarga 9 709 ta ekskursiyalari, 4 563 ta seminarlar, 27 259 ta uchrashuvlar tashkil etildi.
Olib borilgan targʻibot tadbirlari natijasida 112 856 nafar 9-sinf bitiruvchilari kasb-hunar maktablariga jalb qilindi.
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 32-son umumtaʼlim maktabining oʻquvchilarga kasb-hunar oʻrgatish tajribasi ommalashtirildi.
“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABLARI FAOLIYATI YOʻNALISHIDA:
Respublikada 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablarida
10 472 ta toʻgarak tashkil etilib, ularga 306 310 nafar oʻquvchi-yoshlar qamrab olindi.
14 ta hududda tajriba konstruktorlik byurolari, “Kasblar laborotoriyasi”faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
25 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablarida xususiy sektorlarni jalb qilgan holda robototexnika, mental arifmetika va xorijiy tillar kurslari tashkil etildi.
Sirdaryo viloyatida “Maktabdan tashqari taʼlim: muammo va yechimilar” I respublika forumi oʻtkazildi va unda 300 nafar maktabdan tashqari taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Maktablardagi 7 822 ta toʻgaraklarda 39 116 ta jamoalar tuzilgan boʻlib, mazkur jamoalarda 277 469 nafar oʻquvchi-yoshlar jalb etilgan.
OʻQUVCHILARNING MAʼNAVIY-MAʼRIFIY VA SPORT TADBIRLARIDAGI ISHTIROKI HAMDA KITOBXONLIKKA JALB ETISH YOʻNALISHIDA:
Namangan viloyatida Oʻzbekistonda ilk marotaba “Bolalar sayyohlik” bazasi ochildi.
Joriy yilda 18 ta xalqaro tanlov, festival va musobaqalarda
440 nafar oʻquvchilar ishtirok etib, ularda 17 ta birinchi, 24 ta ikkinchi, 34 ta uchinchi, 9 ta gran prini qoʻlga kiritdi.
Taʼlim muassasasidagi 39 742 ta kitobxonlik klublariga 5,49 mln nafar oʻquvchi-yoshlar jalb qilingan.
Maktab kutubxonalarida 15,1 mln. nusxa adabiyotlar fondi mavjud boʻlib, shundan 8,6 mln. nusxasi (57 foiz) lotin alifbosidagi adabiyotlar hisoblanadi.
Respublika Bolalar kutubxonasi tomonidan 200 nomdagi audio kitoblar tayyorlanib, kitob.uz veb-saytiga joylashtirildi.
“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” shiori ostida 172 870 nafar, “Yoshlar turizm haftaligi” doirasida 192 705 nafar oʻquvchi sayohatlarga, “Moziyga sayohat” dasturi doirasida 399 320 nafar oʻqituvchi va oʻquvchilar muzey va teatrlarga olib borildi.
Umumtaʼlim maktablarida sportning 14 ta turi boʻyicha tashkil etilgan 64 505 ta sport seksiyasiga 1,5 mln. nafar (570 209 nafari qizlar) oʻquvchi-yoshlar qamrab olindi.
“Quvnoq startlar”, “Yoshlik sport jamoalari”, “Yozgi taʼtilni sport bilan oʻtkazamiz” sport musobaqalari oʻtkazilib, ularga 2,1 mln. nafar oʻquvchilar jalb etildi.
Yozgi mavsumda 199 ta statsionar oromgohlarda 155 583 nafar, taʼlim muassasalarida 922 ta sogʻlomlashtirish maydonchalarida (bepul) 173 918 nafar bolalar dam oldirildi.
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasi 1,9 mln. nafar oʻquvchi jalb etilib, 1,1 mln nafari sertifikatga ega boʻldi.
Respublikadagi mavjud 10 163 ta umumtaʼlim muassasalarda “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, haftaning har seshanba kuni “Zakovat” soatlari tashkil etildi. Unda 289 ming nafar oʻquvchi ishtirok etdi.
QURILISH VA MODDIY-TEXNIK BAZANI MUSTAHKAMLASH YOʻNALISHIDA:
Investitsiya va boshqa qoʻshimcha dasturlar doirasida joriy yil 563 ta maktabda qurish-taʼmirlash amalga oshirildi. Mazkur ishlar natijasida qoʻshimcha 118,6 mingta yangi oʻquv oʻrinlari yaratilib, mavjud 114,8 ming oʻrinli binolar mukammal taʼmirlandi. Mazkur maqsadlar uchun 3,0 trl. soʻmga yaqin mablagʻlar yoʻnaltirildi.
“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 1 565 ta umumtaʼlim maktabiga 1,5 trl. soʻmdan ortiq mablagʻlar ajratilib, ularning moddiy-texnika taʼminoti va infratuzilmalari holati yaxshilandi.
1 797 ta taʼlim muassasalariga qayta tiklanuvchi quyosh elektr panellari va quyosh suv isitish qurilmalari oʻrnatildi.
Ichimlik suvi tashib keltiriladigan 53 ta umumtaʼlim maktablari uzluksiz toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Respublikadagi 6 479 ta maktabning isitish tizimi va isitish qozonlari modernizatsiya qilindi. 2 335 ta maktabning isitish qozonlari koʻmir yoqilgʻi mahsulotiga moslashtirildi.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablariga 3 710 ta kompyuter sinfi toʻplami va 555 ta interaktiv doskalar yetkazildi.
10 100 ta (99,9 foiz) maktabga Internet tarmogʻi infratuzilmasi olib kelindi va “Education” tarif rejasiga ulandi.
10 104 ta maktab uchun 112 mlrd. soʻm hisobiga 5 turdagi sport va 7 turdagi milliy cholgʻu asboblari yetkazib berildi. Natijada, sport jihozlari 100 foizga va milliy cholgʻu asboblari bilan taʼminlanganlik darajasi 35 foizga yetkazildi.
IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TASARRUFIDAGI TAʼLIM MASKANLARI FAOLIYATI YOʻNALISHIDA:
Prezident maktablari bitiruvchilarining 84 foizi (275 nafari) muddatidan oldin nufuzli xorijiy oliygohlarda oʻqish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Prezident maktablarining 13 tasi (93 foizi) SAT xalqaro sertifikati imtihonlarini oʻtkazadigan rasmiy markazlari sifatida tan olindi.
Prezident maktablari bitiruvchilari dunyo reytingida 6-oʻrinda turuvchi “California Institute of Technology”, 7-oʻrinda turuvchi “Garvard” hamda “Princeton” universitetlarining 100 foizlik grantini qoʻlga kiritishdi. Bu koʻrsatgich oʻtgan yilga (37-oʻrin) nisbatan 31 ta oʻrin yuqoriga koʻtarilgan.
Ijod maktablarining 223 nafar bitiruvchilaridan 83 foizi (187 nafari) muddatidan oldin xorijiy va mahalliy oliygohlarda oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritishgan. Bu koʻrsatgich oʻtgan yilga (55 foiz) nisbatan 28 foizga oʻsgan.
Tashkil etilganiga bir yil boʻlgan ixtisoslashtirilgan maktablarning 3962 nafar bitiruvchilaridan 72 foizi (2882 nafari) oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirdi.
Ijod maktablarning 44 foizida, ixtisoslashtirilgan maktablarning 18 foizida ikkinchi xorijiy til oʻqitish yoʻlga qoʻyildi.
Ijod maktablari oʻquvchilarining 52 nafari respublika fan olimpiadasining hududiy bosqichida sovrinli (18 nafari 1-, 20 nafari 2-,
14 nafari 3-) oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.
“Yangi Oʻzbekiston” universitetida “Microsoft Community Conf 2023 Uzbekistan” IT konferensiyasi, mamlakatimizda ilk marotaba “Diffusion Fundamentals-X” konferensiyasi tashkil etildi.
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH YOʻNALISHIDA:
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 36 426 ta murojaat kelib tushgan, shundan 7 340 tasi vazirlik markaziy apparati tomonidan koʻrib chiqilgan. Qolgan 29 086 tasi hududlarga yuborildi.
Vazirlik Xalq qabulxonasiga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilgan 2 026 nafar fuqaroga amaliy yordam hamda huquqiy maslahatlar berildi.
Vazirlik Ishonch telefoni orqali fuqarolardan kelib tushgan 71 238 ta qoʻngʻiroqlarning 937 tasi rasmiylashtirilib, mutaxassislar tomonidan oʻrnatilgan tartibda oʻrganib chiqilgan. Qolgan 70 303 ta qoʻngʻiroqqa operatorlar tomonidan ogʻzaki javob berilgan.