Tenderlar

.

Tanlov o'tkazilishi to’g’risida e’lon

2-dekabr 2021-yil
image

Tanlov nomi: Olimpiada ishtirokchilari uchun issiq ovqat tashkil qilish xizmatini xarid qilish 

Xalq ta'limi vazirligi O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 apreldagi O'RQ-472-sonli “Davlat xaridlari to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq vazirlik tomonidan o'tkaziladigan olimpiada ishtirokchilari uchun issiq ovqat tashkil qilish xizmatini tanlov asosida xarid qiladi.

Mazkur tanlovda mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, ishlab chiqarish va/yoki buyurtmachiga sifati va bahosi jihatidan ma'qul tarzda hamda ko'rsatilgan miqdorlarda maxsulot yetkazib berish imkoniyati va tajribasiga ega barcha mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov ishtirokchisi:

O'zbekiston Respublikasi qonunlari talablariga javob beradigan, tovarlar yetkazib beruvchi xaridlar ob'ekti xisoblangan yuridik shaxs bo'lishi;

Shartnoma tuzish huquqiga ega bo'lishi;

Shartnomani bajarish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega bo'lishi kerak. 

Tanlov takliflari bir nusxada muxrlangan ichma ich solingan (tashqi va ichki) konvertlarda, Tanlov xujjatlarida ko'rsatilgan 1 – shakldagi talabnoma bilan qabul qilinadi.

Tanlov savdolarini o'tkazish jarayonlari va tartibi haqida qo'shimcha ma'lumot olish istagida bo'lgan tanlov ishtirokchilari, Davlat buyurtmachisi e'lon nashr qilingan sanadan boshlab (xaftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar Davlat buyurtmachisiga quyidagi manzil bo'yicha murojaat qilishlari mumkin:

O'zbekiston Respublikasi, 100017, Respublika Uzbekistan, Tashkent sh., Shayxantoxur tumani, Navoiy ko'chasi, dom №2a. Tel.: +998 94 626-63-44. e-mail: s_kenjayev@umail.uz. Mas'ul kotib: S.Kenjayev

Bundan tashqari, mazkur tanlov haqidagi ma'lumot Xalq ta'limi vazirligining www.uzedu.uz elektron saytida hamda maxsus informatsion portalda berilgan.

Tanlov takliflari 2021 yil 26 aprel kuni soat 11-00 dan kechiktirilmagan holda yuqorida ko'rsatilgan manzil bo'yicha davlat burtmachisiga taqdim etilishi lozim (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari).

Tanlov takliflari (konvertlar)ning ochilishi Xarid komissiyasi tomonidan aniqlangan joyda va sanada amalga oshiriladi. Bu hakida talabgorga Xarid komissiyasining mas'ul kotibi tomonidan qo'shimcha xabar qilinadi.

Xarid qilinadigan xizmatlar haqida ma'lumot

 

Лот №1

Товар, иш ва ҳизматнинг номи Ўлчов бирлиги Умумий сони Юқори нарҳ
1.

Иссиқ овқат ташкил қилиш (иштирокчилар сони 70 нафар, 7 кун,  нонушта, тушлик, кечки овқат)

хизмат 1 53 900 000
  Умумий юқори сумма     53 900 000

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu