Gender tenglik

.

XTV TIZIMIDA XOTIN-QIZLAR VA ERKAKLAR UCHUN TENG HUQUQ HAMDA IMKONIYATLARNI TAʼMINLASH BOʻYICHA VAKOLATLI SHAXS

7-iyul 2021-yil
image

2019-yilning 5-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining “Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi haqida” 291-sonli buyrugʻi qabul qilingan.

 

Mazkur buyruqqa koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash boʻyicha vazir oʻrinbosari Rajapov Voxobjon To‘rajanovich vakolatli shaxs etib belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Voxobjon Rajapovning fuqarolarni qabul qilish kuni har juma soat 15:00 dan 17:00 gacha etib belgilangan.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “ishonch raqami” faoliyat yuritmoqda. Ishonch telefoni raqami – 71-202-09-09. “Ishonch telefoni” har kuni ertalab soat 09-00dan 18-00ga (13-00dan 14-00ga qadar tushlik) qadar (bayram va dam olish kunlaridan tashqari) uzluksiz ishlaydi.

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan oʻqituvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha “Ustoz ovozi” — oʻqituvchilarning shikoyatlarini qabul qiluvchi virtual inspektor, ustozovozi.uzedu.uz sayti ishga tushirilgan boʻlib, murojaatchilar mazkur sayt orqali vazirlik bilan bogʻlanishlari mumkin.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu