Jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularda jamiyat hayotini o‘zgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo taʼlim tizimidan, bog‘cha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini ko‘ramiz. Chunki maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Taʼlim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o‘qituvchilardir.
Maʼlumki, murakkab o‘tish yillarida maktablardagi maʼnaviy-maʼrifiy muhit, o‘qituvchi kasbining obro‘yi, nufuzi pasayib ketgani, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion taʼlim texnologiyalarini joriy etishga yetarli eʼtibor berilmagani sohada bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi.
Keyingi yillarda ana shu muammolarni samarali hal etish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan xalq taʼlimi tizimiga oid 10 dan ortiq farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy-meʼyoriy asoslari mustahkamlandi.
Bugungi kunda xalq taʼlimi tizimidagi taʼlim muassasalarida mehnat qilayotgan 502 687 nafar pedagog xodimlardan 158 720 nafarini rahbar xodimlar, jumladan, 10 130 nafar maktab direktorlaridan 6 716 nafarini,
14 178 nafar direktorning o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlaridan 7 513 nafarini, 13 590 nafar direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlaridan
8 145 nafarini, 207 ta tuman (shahar) xalq taʼlimi bo‘limi mudirlaridan 168 nafarini, 14 ta hududiy xalq taʼlimi boshqarma boshliqlaridan 10 nafarini erkaklar tashkil etadi.
Taʼlim-tarbiya ishlarini samarali olib borishda erkak o‘qituvchilarning alohida o‘rni va taʼsiri borligi hisobga olinib, ko‘rilgan aniq chora-tadbirlar natijasida xalq taʼlimi tizimiga 12 ming 871 nafar erkak o‘qituvchilar qaytgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”dagi Farmoniga muvofiq 2021 yil davomida xalq taʼlimi tizimidagi 5984 nafar shundan 1779 nafar erkak xodimlarni sanatoriylarda dam olishlari uchun bepul yo‘llanmalar beriladi.
Mazkur dam olish sanatoriylarida xodimlar oshqozon-ichak kasalliklari, ortiqcha tana vaznining oshishi (metabolik sindrom), qandli diabet, oshqozon osti bezi kasalliklari, o‘t qopi, oshqozon yarasi, asab tizimi, yurak qon tomir, jigar, surunkali buyrak,tayanch-harakat aʼzolari, asab, ovqat hazm qilish aʼzolari va ginekologik, nafas olish, yuqori nafas yo‘llari va nevrologik, urologik, endokrinologik kasalliklar, qon aylanish tizimi aʼzolari, teri tanosil va boshqa xastaliklarni davolash va profilaktika qilish bo‘yicha muolajalar olib qaytdi.
Joriy yilning iyun-avgust oylarida jami 2 ming nafar o‘qituvchilarga sanatoriylarda dam olish uchun bepul yo‘llanmalar berish nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2021 yil
15 oktyabrdagi qaroriga muvofiq 1 167 nafar pedagog xodimlar taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda taʼlim berish uchun boshqa hududlardan jalb etilgan. Birgina misol tariqasida Andijon viloyatidan 7 nafar pedagoglar Xorazm viloyatidagi, Namangan viloyatidan 33 nafar pedagoglar Farg‘ona viloyatidagi, Jizzax viloyatidan 44 nafar pedagoglar Sirdaryo viloyatidagi maktablarga yo‘naltirilgan. Mazkur qarorga asosan bir hududdan boshqa bir hududga qatnab ishlayotgan pedagog xodimlarga
50 foizdan 100 foizgacha ustamalar berib kelinmoqda. Shuningdek, 21 nafar erkak pedagog xodimlarga “Xalq taʼlimi aʼlochisi” 4 nafariga “Xalq taʼlimi fidoyisi” ko‘krak nishonlari topshirildi.