Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy ko‘rik-tanlovlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida g‘olib bo‘lgan faol ishtirokchilarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovdan ko'zlangan maqsad:
har bir tashkilotda gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish, turli tuzilmalar faoliyatiga gender tenglikni singdirish, ilg‘or tajribalarni aniqlash va umumlashtirishdan iborat.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hududiy davlat tashkiloti” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi va taqdirlandi.