Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023 yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlar qay darajada samarali amalga oshirilganligiga doir reyting ko‘rsatkichlarini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 95 ta davlat tashkiloti ichida 82 ball (yaxshi) bilan eng yaxshi o‘rinlardan birini egalladi.
Shuningdek, vazirlik huzuridagi:
➖Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi — 81 ball (yaxshi);
➖Maktabgacha taʼlim agentligi — 56 ball (qoniqarli)ga ega bo‘ldi.
Maʼlumot uchun: 2023 yil natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan mazkur reyting baholashda 95 ta davlat tashkilotidan 42 ta tashkilot faoliyati samaradorligi “yaxshi” – (81-100 ball), 38 ta tashkilot “qoniqarli” – (55-80 ball) va 15 ta tashkilot “qoniqarsiz” – (55 balldan past) toifalarga ajratilgan.