Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda VMning 2022-yil 14-oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari” to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash borasida yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishni Qashqadaryo viloyati Prokuraturasi bo'lim boshlig'i Ilhom Usmonov, viloyat adliya boshqarmasi bo'lim boshlig'i Suhrob Turobov, Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazoratini amaga oshirish bo'yicha mas'ul Sodiq Xudayarovlar olib bordi.
Yig'ilishda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi apparat xodimlari, tuman(shahar) bo'lim mas'ullari hamda umumiy o'rta ta'lim maktab direktorlari, boshqarma tasarrufidagi maktab-internat direktorlari, ixtisoslashtirilgan maktab internat direktorlar va maktagacha ta'lim muassasalari direktorlari ishtirok etishdi(onlayn).
Yig'ilish davomida, prokuratura mas'uli tomonidan amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlar jarayonida korrupsiya mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy-siyosiy rivojlanishiga jiddiy tahdid soluvchi xavf-xatarlardan biri deb koʻrilayotganligi va yaqin yillar ichida mamlakatimizda qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlaydigan institutsional va huquqiy asoslar qayta koʻrilayotganligi hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarador tizimi tashkil etilayotganligi bo'yicha fikr bayon etildi. Bundan tashqari ta'lim tizimida xodimlarni korrupsiya holatiga aralashayotganligi keskin tanqid qilindi.
Bu esa oʻz navbatida, aynan maktabgacha va maktab taʼlim tizimida xizmat qilayotgan rahbar kadrlar oldiga korrupsion illatlarga qarshi kurashda ogohlik, sezgirlik va hushyorlik xususiyatlarini kuchaytirishga eʼtibor berish vazifasini qoʻyadi,- deb ta'kidlaydi mas'ullardan biri.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab
ta'limi boshqarmasi axborot xizmati