Korrupsiyaga qarshi kurash

.

Xalq taʼlimi vazirligida Antikorrupsion haftalik doirasida «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etildi

6-dekabr 2021-yil
image

Joriy yilning 3 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi bilan hamkorlikda «9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni»ga bag‘ishlangan Antikorrupsion haftalik doirasida «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etildi. Tadbirda vazirlik va hududiy boshqarma rahbarlari, masʼullari, mutaxassislar, soha vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir Xalq taʼlimi vazirligi faoliyatining jamoatchilik va fuqarolar oldida ochiqligini taʼminlash hamda jurnalist, blogerlar hamda fuqarolarni qiziqtirgan savollarga, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga oid savollarga javob berish maqsadida tashkil etildi.

Shu o‘rinda taʼkidlab o‘tish joizki, so‘nggi 2 yil mobaynida xalq taʼlimi tizimida korrupsiyaga oid qonunbuzarlik holatlarini oldini olish va bartaraf etish yo‘nalishida vazirlik tomonidan bir qator tashkiliy va amaliy ishlar amalga oshirildi.

Batafsil: https://bit.ly/3oupwNl

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu