Korrupsiyaga qarshi kurash

.

UMUMTAʼLIM MUASSASALARIDA KORRUPSIYANING OLDINI OLISH MAVZUSIDA TADBIR TASHKIL ETILDI

21-noyabr 2019-yil
image

A.Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOIda noyabr oyida tashkil etilgan Menejerlik kursi tinglovchilari ishtirokida “Ogohlik davr talabi” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Nazorat va huquqiy xizmati bosh mutaxassisi Bahodir Qodirov “Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning dolzarb masalalari” hamda Olmazor tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudining raisi “Korrupsiya va uning mamlakatimiz taraqqiyoti, milliy qadriyatlarimiz, maʼnaviyatimizga ko‘rsatayotgan salbiy taʼsiri” mavzusidagi maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda mamlakatimiz rivojlanishiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi korrupsiya, poraxo‘rlik, diniy ekstremizm, narkomaniya, buzg‘unchilik, axloqsizlik g‘oyalarini targ‘ib-tashviq etish, singdirish kabi g‘arazli maqsadlarga qarshi tura oladigan yoshlarni tarbiyalash, shu bilan birga ularda mustahkam immunitetni shakllantirishga doir dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu