Sayt test rejimida ishlamoqda

FAQ

.

O'zbekistonda majburiy o'n bir yillik ta'lim joriy etilganligi va 9-sinf o'quvchilarining ko'pchiligi 10-sinfda o'qishni davom ettirishi sababli 9-sinf bitiruvchilarining sertifikatlari maktabda saqlanadi. Agar talaba 9-sinfni tamomlagandan so'ng akademik litseyga, kasb-hunar maktabiga o'qishga kirsa yoki yangi o'quv yurtidan ma'lumotnoma yoki Kupon asosida boshqa umumta'lim maktabiga o'tkazilsa, bu masala bo'yicha ota-onalar maktab direktoriga murojaat qilishlari mumkin.

Majburiy o'n bir yillik ta'lim tugagandan so'ng, 11 sinf bitiruvchilariga sertifikat tantanali ravishda topshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomning 29-bandiga asosan malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan quyidagi hollarda, ya’ni sinfdagi o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lganda Chet tili, ixtisoslashgan fanlar, Texnologiya, Informatika va axborot texnologiyalari, O‘zbek tili, Rus tili, Jismoniy tarbiya fanlari ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etilgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida nizom”ning 22-bandiga ko‘ra, bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha guruhlardan birining o‘qituvchisi turli sabablarga ko‘ra darsda bo‘lmagan holatlarda guruhlar qo‘shib o‘qitiladi hamda qo‘shib o‘qitganligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlarini amalga oshirish nazarda tutilmagan.

Shunga ko‘ra, sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitish uchun o‘qituvchilar soni yetarli bo‘lmasa, boshqa o‘qituvchi ishga qabul qilingunga qadar ushbu fanlar maktabdagi mavjud o‘qituvchi tomonidan sinflarni birlashtirgan holda o‘qitiladi hamda ikki guruhga bo‘lmasdan o‘qitayotgan o‘qituvchi uchun qo‘shimcha haq to‘lashga ruxsat etilmaydi.

Umumta’lim muassasasida bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha guruhlardan birining o‘qituvchisi turli sabablarga ko‘ra darsda bo‘lmagan holatlarda maktabda boshqa malakali o‘qituvchi mavjud bo‘lsa, ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi va tegishli to‘lovlar amalga oshiriladi.

Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan oʻquvchilarni 5 va 7-sinfga qabul qilish uchun Davlat test markazi tomonidan quyidagi fanlarning tegishliligi boʻyicha bittasidan test sinovlari oʻtkaziladi:

✅filologiya — muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

✅ijtimoiy fanlar — muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

✅aniq fanlar — matematikadan 20 ta, muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

✅tabiiy fanlar — matematikadan 20 ta, muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

✅xorijiy tillar — muassasada taʼlim olib boriladigan xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz)dan 20 ta, ona tili va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

✅texnologiya — matematikadan 20 ta, muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli.

Ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim muassasalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi Hukumat qarorida alohida fan yoʻnalishlari koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.

Oʻzbekistonda 11 yillik majburiy taʼlim joriy etilgani sababli, aksariyat 9-sinf oʻquvchlari taʼlimni oʻz maktabida davom ettiradi, ularning shahodatnomalarining asli ham maktabda saqlanadi. Agar 9-sinfdan keyin oʻquvchi boshqa maktabga yoki akademik litseyga oʻqishga qabul qilinsa, ushbu oʻqishga kirgan taʼlim muassasasi tomonidan berilgan maʼlumotnoma (talon) asosida shahodatnomaning asl nusxasi berib yuboriladi. Bu masalada ota-onalar maktab direktoriga murojaat etishlari mumkin.

11 yillik majburiy taʼlimni tamomlaganidan soʻng esa ularga shahodatnomalari tantanali ravishda topshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 154-sonli qarori bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi tasdiqlangan.

✅ Unga koʻra, oltin medal umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari aʼlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga beriladi.

✅ Kumush medal umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha yillik baholari aʼlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Umumtaʼlim muassasalari rahbar xodimlariga dars soatlarini ajratish meʼyorlari Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida nizom” asosida tartibga solingan.

Ushbu Nizomning 14-bandiga koʻra xalq taʼlimi muassasasining rahbar xodimi tomonidan asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda oʻqituvchi lavozimi bilan qoʻshib olib borilishiga (oʻquv yuklamasi yuritilishiga) yoʻl qoʻyiladi hamda ular mehnatiga soatbay haq toʻlanadi.

Mehnatiga soatbay haq toʻlash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2019-yil 22-aprelda 3157-son bilan roʻyxatga olingan Qaror bilan tasdiqlangan “Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari”ga koʻra belgilanib, umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlariga oʻtgan darsi uchun soatbay haq toʻlash miqdorlari tegishli bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1,2 foizda hisoblab chiqariladi hamda uning tarkibiga mehnat taʼtili haqi kiritilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Nizom”ning 8-bandiga koʻra pedagoglik ishini amalga oshirish uchun oliy taʼlim muassasasining 4-bosqichida oʻqiyotgan shaxslar qoʻyilishi mumkin.

Siz 3-bosqichida tahsil olayotganligingiz uchun umumtaʼlim muassasalarida oʻqituvchi sifatida ishlashingiz mumkin emas.

Yoʻq, notoʻgʻri. Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining pensiya yoshida boʻlgan pedagog kadrlari attestatsiyaga oʻz xohishiga koʻra jalb etiladi. Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-sonli “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi Qaroriga ilova bilan tasdiqlangan Nizomning 7-bandida belgilab qoʻyilgan.

Attestatsiyaga jalb etilmagan pedagog kadrlarning mavjud malaka toifalari va lavozimlari taʼlim muassasalarida ishlagan davrida saqlanib qolinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi Qonunning (https://lex.uz/docs/5013007) (2020-yil 23-sentyabr) 9-moddasida: “Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga toʻladigan yilda qabul qilinadi” deb belgilab qoʻyilgan.

Masalan, kelgusi 2021/2022 oʻquv yilida 1-sinfga chiqadigan bolalar 2021-yilning 31-dekabriga qadar yetti yoshga toʻladigan boʻlishi, yaʼni 2014-yilning 31-dekabr kuniga qadar tugʻilgan boʻlishlari lozim.

Shu oʻrinda, ota-onalarga farzandlarini maktabga sifatli tayyorlash maqsadida maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimida 6 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni boshlangʻich taʼlimga bir yillik majburiy tayyorlash tizimi joriy etilishini eslatib oʻtamiz.

Oʻqituvchilarga onlayn video olish boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan hech qanday talab qoʻyilmagan. Onlayn maktab loyihasi telekanallar orqali maktab dasturi boʻyicha har kun efirga berib borilyapti. Mazkur jarayonga 117 nafar pedagog jalb qilingan.

Yuborishingiz mumkin. Faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq taʼlim muassasasiga kirib kelishda har bir oʻquvchi oʻz telefoni chaqiruv ovozini toʻliq oʻchirib qoʻyishi shart.

Bunda oʻquvchilarga maktabda telefonini boʻyniga osib olish, koʻkrak choʻntaklarida, shim, yubkalari choʻntaklarida saqlash, telefon yordamida atrofdagilarga zoʻravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targʻib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish, taʼlim muassasasida surat va videolar olib, keyinchalik tarqatish taqiqlanadi.

Shuningdek dars vaqtida:

telefon orqali soʻzlashish hamda SMS va boshqa turdagi xabarlarni joʻnatish;

telefonni stol ustiga qoʻyish;

musiqa tinglash;

surat va video tasvirlarni koʻrsatishda telefondan foydalanish, tasvirlar koʻrish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha va boshqa xizmatlaridan foydalanish mumkin emas.

Oʻquvchilarga tanaffuslarda faqat asosli va kechiktirib boʻlmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, taʼlim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bogʻlanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Mehnat kodeksiga muvofiq ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chogʻida dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan umumtaʼlim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga taʼlim yoki tarbiya berish bilan mashgʻul boʻlgan pedagog va boshqa xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilishi shart.

Xodimlar tibbiy koʻriklardan oʻtishdan boʻyin tovlashga haqli emas.

Tibbiy koʻrikdan oʻtish munosabati bilan xodimdan pul undirilmaydi, shuningdek tibbiy koʻriklarni oʻtkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi diplomida “Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi”, “Boshlangʻich taʼlim va tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Boshlangʻich taʼlim va tarbiyaviy ish”, “Pedagogika va boshlangʻich sinflar oʻqituvchisi” kabi ixtisosliklardan biri berilgan boʻlsa, ular umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boshlangʻich sinflarida “ona tili”, “oʻqish”, “tarbiya”, “matematika”, “atrofimizdagi olam”, “tabiatshunoslik”, “tasviriy sanʼat”, “texnologiya” fanlaridan dars berishi mumkin.

Shuningdek, boshlangʻich sinf oʻqituvchisining diplomida “Boshlangʻich taʼlim va sport-tarbiyaviy ish” ixtisosligi berilgan boʻlsa, ular umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boshlangʻich sinflarida “ona tili”, “oʻqish”, “tarbiya”, “matematika”, “atrofimizdagi olam”, “tabiatshunoslik”, “tasviriy sanʼat”, “texnologiya”, “jismoniy tarbiya” fanlaridan dars berishi mumkin. Shu sababli, boshlangʻich sinf oʻqituvchisining tarif stavkasi ushbu fanlar hisobidan toʻldirilishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi yoki katta oʻqituvchi lavozimi beriladi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2012-yil 21-mayda “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan. Mazkur qaror asosida Xalq taʼlimi vazirligining tegishli buyrugʻi ishlab chiqilgan. mazkur hujjatlar taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibini belgilaydi hamda oʻquvchilarning sifatli taʼlim olish, davlat va jamiyat manfaatlari yoʻlida oʻquvchi yoshlarning sogʻligʻini saqlashda xavf-xatarlarni kamaytirish, taʼlim olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlashga yoʻnaltirilgan.

Unga koʻra, Taʼlim muassasasiga kirib kelishda har bir oʻquvchi, oʻqituvchilar va boshqa shaxslar uyali aloqa vositasini toʻliq oʻchirib qoʻyishi shart. Telefon faqat maxsus gʻiloflarda, sumka va portfellarda olib yurilishi kerak. Taʼlim oluvchilarga telefon vositalarni boʻyinga osib yurish, shim va yubka choʻntaklarida olib yurish, dars vaqtida esa ulardan foydalanishi qatʼiyan taqiqlanadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu