Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga

2-mart 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi 13 ta (1-, 3-, 7-, 11-, 14-, 15-, 17-, 18- 19-, 20-, 21-, 22- va 23-son) va Angren shahridagi 10 ta (6-, 7-, 8-, 13-, 14-, 18-, 25-, 34-, 37- va 42-son) umumta’lim maktablarida DXSh doirasida tashqi sport maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida badminton bo‘yicha sunʼiy qoplamali sport maydonchalarini tashkil etish uchun tadbirkorlarni hamkorlikka taklif qiladi.

Mazkur loyihalar O'zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida” 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-537-sonli Qonuniga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5282-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Loyiha muddati 10 yil.

Muddatlar:

2023-yilning 4-may kuniga qadar quyidagi manzil bo‘yicha murojaat etishlari mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, 100031, Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 2a-uy.

Kontaktlar:

Dilyor Ganiyev Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Davlat-xususiy sheriklik va xalq ta’limi muassasalari mulkidan samarali foydalanish boshqarmasi boshlig‘i – 55-503-74-00 (6120, 6111)

Elektron pochta manzili: info@xtv.uz; d.ganiyev@xtv.uz., i.hoshimov@xtv.uz

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu