UMUMTAʼLIM MUASSASALARIDA SOGʻLOM OVQATLANTIRISHNI TASHKIL ETISHNI YANA-DA TAKOMILLASHTIRISH BOʻYICHA HAMKORLIK

18-avgust 2021-yil
image

Bugungi kunda umumtaʼlim maktablarida davlat-xususiy sheriklik asosida oshxona yoki bufet qurish, taʼmirlash va jihozlash, hududda oshxona faoliyati yoʻlga qoʻyilmagan maktablarda sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari (oʻquvchilar) uchun imtiyozli shartlarda ovqatlanishini taʼminlash, oshpazlik kasbiga ega boʻlgan hududda ishsiz boʻlgan fuqarolarni ish bilan taʼminlash maqsadida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini issiq va sifatli oziq-ovqat bilan taʼminlash, oshxona va bufetlari mavjud boʻlmagan umumtaʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasi holatidan kelib chiqib tashabbuskor tadbirkorlik subyektlariga investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar yuklangan holda 10 yil muddatgacha davlat-xususiy sheriklik asosida berish boʻyicha loyiha amalga oshirilmoqda.

Shu munosabati bilan, Xalq taʼlimi vazirligi xalq taʼlimi tizimidagi oshhonalarni davlat-xususiy sheriklik asosida berish va yangi oshxonalar qurish boʻyicha xususiy sektor vakillarini hamkorlikka chaqiradi.

Loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirgan tadbirkorlik subyektlari quyidagi talablarga hamda “Umumtaʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishni yana-da takomillashtirishga qoʻyilgan talablar”ga javob beruvchi takliflarini taqdim etishlari kerak:

1. Umumiy ovqatlanishni tashkil etish sohasidagi faoliyati, ish tajribasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.

2. Maxsus moddiy-texnika bazasi va oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi boʻyicha malakali mutaxassislar mavjudligi haqida maʼlumotnoma.

3. Boʻsh aylanma mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisida bankning maʼlumotnomasi;

4. Talabgorning taʼlim muassasasi oshxonasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha istiqbol rejasi va takliflari.

5. Tanlovda davlat roʻyxatidan oʻtgan, umumiy ovqatlanish boʻyicha kamida

olti oy davomida faoliyat yuritayotgan, maxsus moddiy-texnika bazasi (zamonaviy texnologik jihozlar), oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlash texnologiyasi boʻyicha mutaxassislari mavjud boʻlgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin.

Loyihani davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish istagida boʻlgan tadbirkorlik subyektlari quyidagi hujjatlarni toʻldirgan va tasdiqlangan holda Vazirlikka taqdim etishlari zarur:

Loyiha konsepsiyasi shakli

Respublika boʻyicha tanlangan hududlar toʻgʻrisida maʼlumot

Diqqat! Loyiha takliflari joriy yilning 15-sentyabr kuni soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi. Qiziqish bildirgan tadbirkorlik subyektlari oʻz takliflarini Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, 2A-uy (pochta indeksi: 100011) manzili boʻyicha Vazirlik devonxonasiga shaxsan taqdim etishlari yoki info@xtv.uz hamda gchpmno@gmail.com elektron pochtasi orqali yuborishlari soʻraladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu