Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlarning bajarilishi toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-son “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari, hududlarga tashriflari hamda huzurlarida oʻtkazilgan yigʻilish bayonlari topshiriqlarini ijro holati har hafta juma kuni – vazirning birinchi oʻrinbosari huzurida, har hafta dushanba kuni – vazir huzurida, har oyda – vazirlik hayʼat majlislarida doimiy tanqidiy muhokama qilib borilmoqda.
Tahlillarga koʻra, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida oʻtgan besh yil davomida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ijrosi yuklatilgan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining soni keskin ortgan.
Jumladan, 2020-yilda 133 ta hujjatdagi 544 ta topshiriq yuklatilgan boʻlsa, 2025-yilda topshiriqlan soni 3,5 barobarga ortib 283 ta hujjatda belgilangan 1 961 ta topshiriq nazoratga olingan.
Maʼlumot uchun:
2020-yilda jami 133 ta hujjatda 544 ta topshiriq;
2021-yilda jami 202 ta hujjatda 951 ta topshiriq;
2022-yilda jami 157 ta hujjatda 715 ta topshiriq;
2023-yilda jami 166 ta hujjatda 1 725 ta topshiriq;
2024-yilda jami 184 ta hujjatda 1 044 ta topshiriq;
2025-yil 1-yarim yilligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 121 ta hujjatida belgilangan 421 ta topshiriq ijrosi taʼminlanishiga erishildi.
Jumladan, ijro muddati IYUL oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi 89 ta asosiy topshiriq hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida 28 ta asosiy topshiriqning ijrosi toʻliq taʼminlandi.
Shuningdek, ijro muddati AVGUST oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi 101 ta asosiy topshiriq, Vazirlar Mahkamasi hujjatlaridagi 28 ta asosiy topshiriq ijrosi hamda Prezident Administratsiyasi rahbarining 1 ta topshirigʻi ijrosi taʼminlandi.
“Ijro.gov.uz” tizimida 2025-yil SENTABR oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida 167 ta asosiy topshiriqdan (8 ta topshiriq yangi qoʻshilgan) 166 tasi (99,4 %)ning ijrosi taʼminlandi. Qolgan 1 ta topshiriq ijrosini taʼminlash boʻyicha Adliya vazirligi va Hisob Palatasi bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
SENTABR oyida Vazirlar Mahkamasi hujjatlaridagi 45 ta asosiy topshiriq (14 ta topshiriq yangi qoʻshilgan) ijrosi hamda Prezident Administratsiyasi rahbarining 1 ta topshirigʻi ijrosi taʼminlandi.
Bugungi kunda ijro muddati OKTABR oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida 141 ta asosiy topshiriq ijrosini taʼminlash choralari koʻrilmoqda.
Maʼlumot uchun:
Prezident topshiriqlari komplekslar kesimida:
Vazirning birinchi oʻrinbosari Sh.Karimov – 39 ta, Vazir oʻrinbosari A.Turdiyevda – 19 ta, Vazir oʻrinbosari F.Boqiyev – 29 ta, Vazir oʻrinbosari T.Komilov – 37 ta, Vazir kotibiyati rahbari J.Shamshiyevda – 17 ta
OKTABR oyida Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida 30 ta asosiy topshiriq hamda Prezident Administratsiyasi rahbarining 2 ta topshirigʻi ijrosini taʼminlash choralari koʻrilmoqda.
Maʼlumot uchun:
Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari komplekslar kesimida:
Vazirning birinchi oʻrinbosari Sh.Karimov – 4 ta, Vazir oʻrinbosari S.Radjabovda – 2 ta, Vazir oʻrinbosari F.Boqiyev – 6 ta, Vazir oʻrinbosari T.Komilov – 11 ta, Vazir kotibiyati rahbari J.Shamshiyevda – 7 ta
Tahliliy maʼlumotlar:
YUKLAB OLISH
YUKLAB OLISH
YUKLAB OLISH