Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Osiyo infratuzilma investitsiya banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “O'zbekiston Respublikasi hududida yangi zamonaviy umumtaʼlim maktablarini barpo etish” loyihasi Loyiha baholash hujjatini hamda loyiha hujjatlari, tender va texnik hujjatlarni tayyorlashda konsultant uchun tanlov eʼlon qilingan edi.
Mazkur tanlov doirasidagi takliflarni qabul qilish muddati 2025-yil 25-iyul soat 16:00 ga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.