Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Respublika hududida (Toshkent tumani 8- sonli, Parkent tumani 33-sonli, Quyi Chirchiq tumani 50-sonli) umumta’lim maktablarining bo‘sh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etish uchun tadbirkorlarni hamkorlikka taklif qiladi.
Mazkur loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-152-son Farmoniga muvofiq amalga oshiriladi. Loyiha muddati 20-yil.
Kontaktlar:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, 100011, Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 2a-uy. Davlat-xususiy sheriklikni muvofiqlashtirish boshqarmasi 55-503-74-00 (1101, 1110)
Elektron pochta manzili: info@uzedu.uz; s.ashurov@uzedu.uz., a.nishonov@uzedu.uz.