Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!

4-fevral 2025-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Farg‘ona viloyatida (Farg‘ona shahar sobiq 14, 16, 26, sobiq 1 internat, Quvasoy shahar 5, Qo‘qon shahar 29, Dang‘ara tumani 85 internat, Toshloq tumani 8, Beshariq tumani 4, Furqat tumani 16, Bag‘dod tumani 3-sonli) umumta’lim maktablarining bo‘sh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha va umumta’lim maktablarini tashkil etish uchun tadbirkorlarni hamkorlikka taklif qiladi.

Mazkur loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-440-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Loyiha muddati 20-yil.

Kontaktlar:

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, 100011, Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 2a-uy. Davlat-xususiy sheriklikni muvofiqlashtirish boshqarmasi 55-503-74-00 (1101, 1110)

 

Elektron pochta manzili: info@uzedu.uz; s.ashurov@uzedu.uz., a.nishonov@uzedu.uz

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu