O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyati munitsipal chegaralarida 13 ta umumiy boshlang‘ich va o‘rta ta’lim maktablari loyihasini (keyingi oʻrinlarda – Loyiha) DXSh asosida qurish rejalashtirilgan. Loyiha xalq taʼlimi tizimining 1-11-sinflarda (7 yoshdan 18 yoshgacha) jami 13 000-14 000 oʻquvchini qamrab oladigan yangi taʼlim muassasalaridan iborat.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining “DXSh toʻgʻrisida”gi Qonuniga toʻliq muvofiq holda loyihani amalga oshirish uchun malakali xususiy sherikni tanlash boʻyicha tenderning ikkinchi bosqichi - tender takliflari soʻrovi boshlanganligini eʼlon qiladi.
Tender komissiyasi Osiyo taraqqiyot banki va xalqaro maslahatchilar ko‘magida ilg‘or xalqaro tajribalar asosida tender hujjatlarini tayyorladi va 7 nafar dastlabki malakalashdan o‘tgan tender ishtirokchilarni o‘zlarining tender takliflarini taqdim qilishga taklif qiladi.
Osiyo taraqqiyot banki loyihada Oʻzbekiston hukumatiga loyiha yuzasidan tranzaksiya masalalari boʻyicha maslahatchi sifatida ishtirok etadi.
Ushbu loyiha loyihalashtirish, qurilish, moliyalashtirish va texnik xizmat koʻrsatish DXSh mexanizmi asosida tuziladi. Shartnoma DXSh to‘g‘risidagi Qonun bilan tartibga solinadi. Tanlangan xususiy sherik loyihaning dizayni, qurilishi va ishlash standartlarini loyiha toʻliq davri mobaynida yuqori sifatli ta’lim shart sharoitlari bilan taminlab borishi talab qilinadi. Ta’lim va o‘qitish xizmatlari boshlang‘ich va o‘rta ta’lim uchun o‘quv dasturi talablariga muvofiq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etiladi. DXSh kelishuvi loyihalash, qurish va ishlash standartlarining bir qismi sifatida atrof-muhit, ijtimoiy va gender masalalarini o‘z ichiga oladi.
Dastlabki malakalashdan o‘tgan talabgorlar tender takliflarni 2025-yil 10-yanvar Toshkent vaqti bilan 23:59 gacha topshirishlari lozim.
Dastlabki malakalashdan o‘tgan talabgorlar tender takliflari uchun so‘rov hujjatlarini virtual ma’lumotlar xonasi orqali yuklab olishlari mumkin. Agar yuklab olishda yoki virtual ma’lumotlar bo‘limiga kirishda biror muammo yuzaga kelsa, quydagi manzilga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
A.nishonov@uzedu.uz
Osiyo taraqqiyot banki
OMDA1uzbedu@adb.org