O‘N KUN DAVOMIDA BIR GURUH PEDAGOGLAR UCHUN SANATORIYDA BEPUL MUOLAJALAR TASHKIL ETILDI

13 january 2021 year
image

Toshkent shahrida yangi qurilgan «Chinobod plaza» sanatoriysida birinchi mehmonlari sifatida respublikamizning barcha hududlaridan pedagoglar tashrif buyurganligi to‘g‘risida xabar bergan edik. Mazkur sanatoriyda pedagoglar o‘n kun davomida dam olib, salomatliklarini mustahkamladilar. Jumladan, oshqozon-ichak kasalliklari, ortiqcha tana vaznining oshishi (metobolik sindrom), qandli diabet, oshqozon osti bezi kasalliklari, o‘t qopi, oshqozon yarasi hamda jigar kasalliklarini davolash va profilaktika qilish bo‘yicha muolajalar oldi.

Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tomonidan sanatoriyda dam olayotgan pedagoglarni muolajadan bo‘sh vaqtlarida madaniy hordiq chiqarishi uchun ham sharoitlar yaratildi. Xususan, Toshkent shahridagi ko‘ngilochar ob’yektlar, muzeylarga tashriflar uyushtirildi hamda «O‘qituvchilar assosiasiyasi» va taniqli shoir, yozuvchilar, «Mehribonlik uyi» tarbiyalanuvchilari bilan turli madaniy uchrashuvlar tashkil etildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu