Sayt test rejimida ishlamoqda

Vazirning birinchi oʻrinbosari Navoiy viloyatidagi taʼlim muassasalarida boʻldi

3-may 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev Navoiy viloyatidagi qator taʼlim muassasalarida faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, Navbahor tumanidagi umumtaʼlim maktablarida mehnat qilayotgan pedagoglar jamoasi bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Muloqot jarayonida tizimda olib borilayotgan ishlar, taʼlim samaradorligini oshirish, yuqori sinf oʻquvchilari bilan alohida ish olib borish, salohiyatli kadrlarni munosib ragʻbatlantirish, oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Maktab rahbariyati hamda pedagog xodimlar oldiga kerakli chora-tadbirlar belgilab berildi.

Shuningdek, Karmana tumanidagi 25-sonli Kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internatida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha oʻz tavfsiyalarini berdi.

Navoiy shahridagi bir nechta taʼlim tashkilotlarida olib borilgan oʻrganishlar davomida taʼlim tashkilotlarida oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish borasida olib borilayotgan ishlar faoliyati bilan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni bartarif etish boʻyicha tegishli koʻrsatma berildi.

Oʻrganishlar davomida Navoiy viloyatidagi taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatiga kiritilgan 18 ta maktabda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha Yoʻl-xaritasi ishlab chiqish va shu asosda tizimli ishlarni tashkil etish boʻyicha masʼullarga oʻz tavsiyalarini berdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu