Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Amerikaning HP Idea kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi

3-may 2024-yil
image

Tadbirda Oʻzbekistonda maktab taʼlimidagi oʻqituvchilarni jahon talabi darajasi asosidagi axborot texnologiyalariga oʻqitish boʻyicha malakasini oshirishga grant mablagʻlarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur loyihani 2024-2025-yillarda pilot tarzida amalga oshirishda dastlab 100 ta maktabdan 300 nafar rahbar va oʻqituvchilar tanlab olib, ularning raqamli koʻnikmalarini, shuningdek, oʻquv amaliyotida IT vositalaridan foydalanib, zamonaviy taʼlim berish boʻyicha bilimlarini oshirish maqsad qilingan.

Uchrashuv davomida ikki tomon oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Maʼlumot uchun: HP IDEA — Innovatsiyalar va raqamli taʼlim akademiyasi boʻlib, maktab oʻqituvchilarini raqamli koʻnikmalarini va innovatsion fikrlash qobiliyatini oshirishga qaratilgan malaka oshirish dasturlarini amalga oshiradi.

Hozirga qadar HP IDEA tomonidan dunyoning 23 ta davlatida 4500 dan ortiq maktab oʻqituvchilarni axborot texnologiyalari sohasida bilim-koʻnikmalarini oshirgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu