Sayt test rejimida ishlamoqda

Yurtimizda PISA 2025 tadqiqotlariga doir tajriba-sinov jarayonlariga start berildi

3-may 2024-yil
image

Xabar qilinganidek, bugundan mamlakatimizdagi tanlab olingan 83 ta umumtaʼlim maktabida xalqaro PISA 2025 tadqiqotlariga doir tajriba-sinov jarayonlari boshlandi.

Xalqaro PISA tadqiqotlari 15 yoshli o‘smirlarning savodxonligi, kreativ va mantiqiy fikrlash qobiliyati, maktabda olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishi, bir so‘z bilan aytganda mustaqil hayotga tayyorgarligini baholovchi jarayon hisoblanadi.

Tajriba-sinov jarayonlari joriy yilning 18-may kuniga qadar davom etadi.

Maʼlumot uchun: PISA 2025 tadqiqotida dunyo bo‘ylab 91 ta mamlakat ishtirok etmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu