XTV Telegram messenjerida UzEduBot botini ishga tushirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Telegram messenjerida UzEduBot botini ishga tushirdi.

 

UzEduBot botining asosiy maqsadi xalq taʼlimi tizimidagi maʼlumotlarni olishga qulaylik yaratishdan iborat.

Bot orqali foydalanuvchilar Xalq taʼlimi vazirligi, respublika tashkilotlari hamda viloyat, shahar va tuman xalq taʼlimi boshqarmalari, shuningdek, boʻlimlari manzili, telefon raqamlarini olish mumkin.

Bot yordamida umumiy oʻrta taʼlim maktablari va ixtisoslashgan muassasalar hamda mehribonlik uylarining manzillarini ham topish imkoniyati bor.

Mazkur bot tashkilotlarning manzili bilan birga xarita va ularning joylashgan joyini ham koʻrsatib beradi.

Avtomatlashgan tizim amalga oshirilgan va oshirilishi kutilayotgan loyihalar, umumtaʼlim maktablarining moliyaviy xarajatlari (maktablar smetalari) hamda boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlarni ham taqdim etadi.

Foydalanuvchilar bot yordamida vazirlik tizimiga oid yangiliklar bilan ham muntazam tanishib borishlari mumkin.

UzEduBot boti hozirda test tizimida faoliyat yuritmoqda. Loyiha “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK mutaxassislari tomonidan yaratilgan. UzEduBot boti qoʻshimcha maʼlumotlar bilan muntazam yangilanib boriladi.

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

Share to: