oʻqituvchi va oʻquvchilarini lizing asosida noutbuk hamda planshetlar bilan taʼminlash boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2018-yil 8-noyabrdagi 20532-xh-sonli topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchi va oʻquvchilarini lizing asosida noutbuk hamda planshetlar bilan taʼminlash belgilangan. 

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi 2019-yilning 7-noyabrdagi 01-02-2/1792 va 27-yanvardagi 02-1/27-sonli xatlari bilan Xalq taʼlimi vazirligiga murojaat etib, noutbuk va planshetlarni lizing yoki kredit asosida xarid qilishi mumkin boʻlgan oʻqituvchi va oʻquvchilar sonini aniqlab berishni soʻragan. 

Mazkur xatga muvofiq, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 2019-yilning 03-04/4-1952-sonli, 2019-yil 10-dekabrda 03-04/4-2157-sonli xatlari bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari boshliqlariga murojaat etilib, noutbuk va planshetlarni lizing yoki kredit asosida xarid qilishi mumkin boʻlgan oʻqituvchi va oʻquvchilar soni haqida maʼlumot olindi. 

Joylardan olingan ehtiyojlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar umumlashtirilib, Xalq taʼlimi vazirligining 2019-yil 26-dekabrdagi 03-04/4-2359-sonli xati bilan “Oʻzeltexsanoat” uyushmasiga taqdim etildi. 

Unga muvofiq, Xalq taʼlimi vazirligi noutbuklarni sotib olishni oʻz zimmasiga olmagan. 

Ayni vaqtda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tomonidan “Weidong Cloud Education Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda noutbuk va planshetlar ishlab chiqarish boʻyicha tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Share to: