Uychi tumani xalq taʼlimi boʻlimi mudirining xodimlarga boʻlgan munosabati bilan bogʻliq ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan lavha oʻrganilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Uychi tumani xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Shuhratjon Muradovning umumtaʼlim maktablari rahbarlari va tizim xodimlari ishtirokidagi yigʻilishda oʻta qoʻpollik,madaniyatsizlik bilan qilgan muomalasi aks etgan videolavha yoritildi. 

Videolavhada xalq taʼlimi mudirining yigʻilish ishtirokchilari oldida qilgan qoʻpol va madaniyatsiz muomalasi, muomala va muloqot madaniyati hamda rahbarlik etikasiga rioya etmaganlik holati yoritilgan. 

Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan ishchi guruhi tuzilib, mazkur holat atroflicha va batafsil oʻrganilmoqda. Oʻrganish natijasiga koʻra videolavhada aks etgan holat hamda undagi XTB mudirining xatti-harakatiga nisbatan huquqiy baho beriladi. 

Namangan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati

Share to: