Milliy o'quv dasturi asosida dars berishga tayyorlanamiz!

Xalq taʼlimi vazirligining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining qishki taʼtil muddatini uzaytirish toʻgʻrisida” gi buyrugʻi asosida umumiy oʻrta taʼlimning Milliy oʻquv dasturi asosida fanlarni oʻqitish metodikasi boʻyicha onlayn-treninglar tashkil etiladi.

Qishki taʼtil davrida oʻqituvchilarga xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan Milliy oʻquv dasturining mazmun -mohiyatini yetkazish hamda yangi darsliklar asosida dars oʻtish boʻyicha koʻrsatmalar berish maqsadida o'tkazilayotgan onlayn mashgʻulotlar 22- yanvarga qadar davom etadi.

Jami 58 soat davom etadigan mashg'ulotlar 5 nafar fan doktori, 18 nafar Respublika ta'lim markazi metodistlari hamda 17 nafar maktab o'qituvchilari tomonidan olib boriladi.

Mashg'ulotlarni Respublika ta'lim markazining You Tube kanali orqali ham kuzatib borishingiz mumkin.

Share to: