Ishonch telefoni

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan fuqarolar ta'lim olishdagi konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish hamda hududiy ta'lim boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta'minlash maqsadida ishonch telefoni ishga tushirildi.

Hozirda fuqarolar mazkur raqam orqali xalq ta'limi, o‘rta maxsus hamda oliy ta'lim tizimiga ariza, shikoyat va takliflarni bildirishlari mumkin.

Ishonch telefoni raqami: 71-202-09-09

“Ishonch telefoni” har kuni ertalab soat 09-00dan 18-00ga (13-00dan 14-00ga qadar tushlik) qadar (bayram va dam olish kunlaridan tashqari) uzluksiz ishlaydi.

Поделиться в: