XALQ TAʼLIMI VAZIRI JIZZAXDAGI MAKTABLARDA BOʻLDI: “Oʻqituvchilarimizning shart-sharoitlarini yaxshilash kelgusi strategiyamizning asosiy yoʻnalishi boʻladi”

Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov maktablar faoliyati bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyatida boʻldi.

Oʻrganish jarayoni “Yangi kelajak kasblari” Markazidagi toʻgaraklardan boshladi. Vazir bugungi kunda bolalarni zamonaviy bilim va kasb oʻrganishlariga ishtiyoqini oshirish, bunda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yuzasidan toʻgarakning ustoz va murabbiylariga oʻz tavsiyalarini berdi.

photo2021-11-2215-01-56.jpg

“Bugun oldimizda turgan asosiy vazifa oʻquvchilarning saviyasini, ularni ilm olishga boʻlgan ishtiyoqini oshirishdan iborat. Eng chekka hududlarda ham oʻquvchi jahon standartlari asosida taʼlim olishi lozim. Bunda esa oʻqituvchilarimizdan juda katta bilim, mehnat va fidoiylik talab etiladi. Buning uchun esa biz oʻqituvchilarimizning bilim berishlari uchun shart-sharoitlarni yaxshilashimiz lozim va bu kelgusi strategiyamizning eng asosiy yoʻnalishi boʻladi”, — deya taʼkidladi vazir.

photo2021-11-2215-01-57-2.jpg

Shundan soʻng vazir viloyatdagi fizika va matematika faniga ixtisoslashgan yangi maktab qurilishini borib koʻrdi. Vazir yangi maktabda oʻquvchilar uchun zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha oʻz fikr va mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek Baxtiyor Saidov Zomin tumanida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun qurilayotgan yozgi oromgohda boʻldi. Oromgohning havosi tozaligini eʼtiborga olib, unda mavjud boʻsh yer hududida oʻqituvchilarning dam olishi uchun ham sanatoriy qurish boʻyicha taklifni ilgari surdi.

photo2021-11-2215-01-57.jpg

“Bunday bahavo yerda nafaqat oʻquvchilar balki ustozlar ham dam olishlari albatta bolalarimizning sifatli taʼlim olishlari uchun zamin yaratadi. Oʻqituvchiga yaxshi shart-sharoitlar yaratib bersakkina, ular bizning kelajak avlodga sifatli taʼlim beradi”, — deya taʼkidladi vazir.

photo2021-11-2215-01-58.jpg

Jizzax shahridagi 22-Ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabi jamoasi bilan uchrashgan vazir, oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, tabiiy fanlarni oʻqitishda amaliy mashgʻulotlardan foydalanish, xususan, sifatli videokontentlar yaratish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berdi.

Share to: