Xalq taʼlimi vaziri Xorazm maktablaridagi muammolarni oʻrganmoqda

Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov bugun Xorazm viloyati xalq taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish maqsadida ushbu hududga bordi.

Tanishish ishlarini Xazorasp tumanidagi 39-umumtaʼlim maktabidan boshladi. Baxtiyor Saidov maktabning bitiruvchi sinf oʻquvchilariga vazir darsini oʻtib berar ekan, ularning kimyo, fizika, biologiya va chet tili boʻyicha bilimlari bilan qiziqib, kelajakda egallamoqchi boʻlgan kasblari haqida fikr almashdi.

photo2021-12-0213-40-31.jpg

Maktab pedagogik jamoasi bilan uchrashuv chogʻida har bir fanni hayotga tatbiq etgan holda oʻrgatish zarurligini qayd etdi hamda maktabga elektron doska va 100 dan ortiq darslardan iborat video-kontent sovgʻa qildi.

“Oʻquvchi har bir fanni nima sababdan oʻrganishi kerakligini tushunishi lozim. Bolaga u yoki bu fan hayotida nima uchun kerakligini tushuntira olsak, unda shu fanga qiziqish uygʻonadi”, — dedi vazir.

photo2021-12-0213-40-31-2.jpg

Xorazm viloyati Xalq taʼlim boshqarmasi tomonidan vazirga viloyat oʻqituvchi va oʻquvchilarining bilimi darajasini aniqlaydigan Assessment program (APRO) dasturi taqdimot qilindi. Mazkur dastur oʻqituvchilarga bilimidagi boʻshliqlarni oʻz vaqtida aniqlab, oʻz ustida ishlash imkonini berishi maʼqullandi.

856 nafar oʻquvchi tahsil olayotgan, 1987-yilda qurilgan maktab oʻqituvchi va oʻquvchilariga munosib shart-sharoit yaratish maqsadida maktabni 2022-yilgi investitsiya dasturiga kiritib, yangi bino qurib berish taklifi bildirildi.

photo2021-12-0213-40-32.jpg

Oʻrganish ishlari Tuproqqalʼada davom etmoqda.

Share to: