Besh nafar oʻquvchi-qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi

3-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi.

Qarorga koʻra, oʻzining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga oʻrnak boʻlib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarayotgan, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, oʻz gʻoya va tashabbuslarini ilgari surayotgan 28 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Mukofotni qoʻlga kiritganlar orasida Xalq taʼlimi tasarrufiga kiradigan 5 nafar maktab oʻquvchisi hamda bir nafar “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak rahbari ham bor:

Karimboyeva Shahzoda Kamoladdin qizi - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanidagi 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

Orazbayeva Gulsanem Jalgʻasbay qizi - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boʻzatov tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchisi;

Salimova Amira Sunnatjon qizi - Buxoro viloyati Kogon shahridagi 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

Jumaboyeva Shaxzoda Neʼmatjon qizi - Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 10-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining 9-sinf oʻquvchisi;

Karimova Madina Jumanazarovna - Xorazm viloyati Urganch shahridagi 10-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

Nazarova Zilola Ergashboy qizi - Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak rahbari.

Barcha gʻoliblarni mukofot bilan muborakbod etamiz!

Share to: