Yagona milliy mehnat tizimi toʻgʻrisida ma'lumot

2019-yilning 31-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan. 

Mazkur qarorga koʻra 2020-yil 1-yanvardan boshlab yangi mehnat shartnomalarini tuzish, amaldagi mehnat shartnomalariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, ularni tugatish holatlarini “ Yagona milliy mehnat tizimi” (“YAMMT”) IDAKda majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibi joriy etildi. 

Bunda 2020-yil 1-yanvarga qadar tuzilgan amaldagi mehnat shartnomalari 2020-yil 1-sentyabrdan kechiktirmasdan “YAMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtkazilishi shart. 

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida xalq taʼlimi tizimi xodimlari tomonidan “YAMMT” IDAKga kiritish uchun hujjat va maʼlumotlar taqdim etish soʻralishi mumkin. 

Hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Share to: