Xalq taʼlimi tizimidagi xodimlar va ular yaqinlarining pasport nusxalari talab qilinayotgani sababi mehnat daftarchalarining elektron bazaga kiritilishi bilan bogʻliq

Bir qator ijtimoiy tarmoqlar orqali Xalq taʼlimi tizimidagi muassasalarda faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar, xususan, umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining, ularning yaqin qarindoshlari pasport nusxalari talab qilingani bilan bogʻliq material yoritilgan.

Mazkur holat yuzasidan shuni qayd etish joizki, bugungi kunda davr shiddati va taraqqiyot odimlari barcha sohalarda mukammallik va elektron tizim bilan uygʻunlikni taqazo etmoqda. Chunki elektron maʼlumotlar bazasining shakllantirilishi u qaysi soha boʻlmasin, faoliyatda qulaylik va ijobiylikka xizmat qiladi, axborot kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan jadal rivojlanib borayottgan davrda bu borada yangi imkoniyatlar yaratib, qulayliklar koʻlamini oshiradi.

Xalq taʼlimi sohasida umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining maʼlumotlar bazasi, yaʼni shunga uygʻun holda ularning oʻzi hamda yaqin qarindoshlarining pasport nusxalari shakllantirilayotgani ham aynan shu mezon bilan bogʻliq. Bundan koʻzlangan maqsad bugungi taraqqiyot asri talablari va tezkorlik hamda davr shiddatiga hamohang barcha sohalarda elektron tizim bilan uygʻunlashuv jarayonlari kechmoqda. Taʼlim muassasalarida, oʻqituvchilarning bunday maʼlumot bazasini jamlash ham, albatta, sohani elektron tizim bilan muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Yanada aniqroq aytadigan boʻlsak, ayni paytda sohada xodimlarning mehnat daftarchasini elektron bazaga kiritish bosqichiga kirishildi hamda bu jarayonlar davom ettirilmoqda.

Oʻqituvchilarning mehnat daftarchasini elektron bazaga kiritish va elektron shaklda yuritish esa oʻz-oʻzida faoliyatning takomillashuviga xizmat qiladi.

Qolaversa, bu jarayon Prezidentimizning 2019-yil 31-oktyabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi bilan bogʻliq boʻlib, mazkur qarorga koʻra, 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab, yangi mehnat shartnomalari tuzish, amaldagi mehnat shartnomalariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, ularni tugatish holatlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” (“YAMMT”) IDAK majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibi joriy etildi.

Bunda 2020-yil 1-yanvarga qadar tuzilgan amaldagi mehnat shartnomalari 2020-yil 1-sentyabrdan kechiktirmasdan “Yagona milliy mehnat tizimi” “YAMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida xalq taʼlimi tizimi xodimlari tomonidan “Yagona milliy mehnat tizimi”“YAMTT” IDAKga kiritish uchun hujjat va maʼlumotlarini jamlash taqazo etilmoqda.

Bir soʻz bilan aytganda, mazkur jarayon, yaʼni xodimlar va ularning yaqin qarindoshlari pasport nusxalarini olish Respublika Prezidentining yuqoridagi qarori ijrosini taʼminlashga qartilgan boʻlib, shu asosidagi jarayonlar elektron tizim va baza shakllantirilishiga xizmat qiladi.

Namangan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati

Share to: