45-maktab direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Nodira Toshmatovaning ijtimoiy tarmoqdagi murojaati boʻyicha

Uychi tumanidagi 45-maktab direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Nodira Toshmatovaning ijtimoiy tarmoqdagi murojaati boʻyicha oʻrganish ishlari boshlandi. 

Namangan viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi murojaatda keltirilgan iddaolarni oʻz vakolati doirasida oʻrganish uchun ishchi guruh tashkil etdi. Oʻrganish natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi. 

Xalq taʼlimi vazirligi maktabning jihozlanishi boʻyicha holatni oʻrgangan holda oʻquv muassasasiga kerakli jihozlar yetkazib berish boʻyicha choralar koʻradi. 

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 352-sonli “Maktabgacha hamda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq hokimiyatlar maktab faoliyatini tekshirish huquqiga ega emas. 

Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hokimning xatti-harakatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan oʻrganilishi kerakligini taʼkidlaydi. 

Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati

Share to: