2019-2020 o‘quv yilida O‘zbekistonning barcha hududlarida 9942 ta ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda.
Bundan tashqari, 2018-2019 o‘quv yiliga nisbatan respublikadagi maktablar soni 251 taga ko‘paydi.
2019-2020 o‘quv yilida maktablarning qariyb 72,75 foizi (7233 maktab) qishloq joylarida faoiyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 372 taga ko‘p.
Qolgan 2709 umumta’lim maktablari shaharlarda faoliyat yuritmoqda.