Xalq ta`limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar-2014

2015.01.30 | Янгиликлар

Xalq ta`limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar-2014

Joriy yilning 20-yanvar kuni Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazida “Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur ko‘rik-tanlov Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2011-yildan buyon har yili an'anaviy ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Ko'rik-tanlov bo'yicha Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan maxsus dastur yaratildi. Dasturning internetdagi manzili www.tanlov.uzedu.uz bo‘lib, u orqali “Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar” ko'rik-tanloviga qatnashish uchun online shaklda ariza berish, ularni tahlil qilish, joylardan turib baholash hamda kuzatib borish imkoniyatlari mavjud. 
Ko'rik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2014-yilning 20-aprelidan 20-mayiga qadar tanlov.uzedu.uz sayti orqali qabul qilindi va ro‘yxatga olindi. Talabnomalar xt.uzedu.uz tizimi orqali autentifikatsiyadan o‘tish orqali qabul qilindi. Ko‘rik-tanlov uchta nominatsiya (“Eng yaxshi ta'lim muassasasi veb-sayti”, “Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti” va “Eng yaxshi o‘quvchi veb-sayti”) bo‘yicha tashkil etildi. 
“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt-2014” ko‘rik-tanloviga qatnashish uchun jami 1155 ta talabnomalar (“Eng yaxshi ta'lim muassasasi veb-sayti” nominatsiyasiga 809 ta, “Eng yaxshi o'qituvchi veb-sayti” nominatsiyasiga 274 ta va “Eng yaxshi o'quvchi veb-sayti” nominatsiyasiga 72 ta) kelib tushdi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, ushbu tanlovda ishtrok etish uchun topshirilgan arizalar soni o‘tgan yilgiga qaraganda 3 marotaba oshgan va veb-saytlarga joylashtirilgan ma'lumotlar soni hamda sifati salmoqli darajada oshgan. 
Veb-saytlar dizayni, mazmun boyligi va aktualligi, pedagogik ahamiyati, interaktivlik va qayta-aloqa, bajarilish sifati kabi mezonlar asosida 100 ballik tizimda baholandi. 
Tanlovga biriktirilgan hakamlarning xulosasiga ko‘ra, “Eng yaxshi ta'lim muassasasi veb-sayti” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni Navoiy viloyati Navoiy shahar 11–Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabningwww.11-maktab.uz veb-sayti ijodkorlari qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqa'la tumani 22–umumiy o‘rta ta'lim maktabining www.22-school.uz veb-sayti mualliflari, uchinchi o‘rinni esa Jizzax viloyati tassarrufidagi «Umid» IDUM – Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabiningwww.umid.zn.uz  xodimlari veb-sayti egalladi. 



Shuningdek, “Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa Surxandaryo viloyati Termiz tuman 4-umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘qituvchisi Xodjakov Azamat Baxtiyorovich www.azamat.uzsayti sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Buxoro viloyati G‘ijduvon tuman 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘qituvchisi Gulshoda Abdullayevaning www.learnenglish.uz sayti ikkinchi hamda Jizzax viloyati Jizzax shahar 16-umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘qituvchisi Uyg‘un Raximovning  sayti www.mehnatdarsi.zn.uz uchun uchinchi o‘ringa loyiq topildi. 



“Eng yaxshi o‘quvchi veb-sayti” nominatsiyasida birinchi o‘rinni ?????? viloyati ?????? shahridagi 10-umumta`lim maktabining o‘quvchisi Adiz Ergashev www.buxoro-10maktab.uz, ikkinchi o‘rinni Surxondaryo viloyati Termiz shahar 1-umumta`lim maktabi o‘quvchisi Shoxruxbek Boborahimovwww.shohruxbek.mahorat.uz va uchinchi o‘rinni Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi 35-umumta`lim maktabi o‘quvchisi Ikrom Musajonovlar www.35maktab.zn.uz saytlari uchun oldilar. 



Tadbir so‘ngida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan g‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Рўйхатдан ўтиш





Топ Рейтинг НИПС www.uz
100031, Ўзбекистон, Тошкент шаҳри, Яккасарой тумани, Миробод кўчаси, 14-уй.
Телефон: (+99871)215-52-81, факс: (+99871)215-50-94 e-mail: uzedu@exat.uz
Вазирлик иш кунлари: душанба-жума(9.00-18.00гача, 13.00-14.00гача тушлик),
дам олиш кунлари: шанба, якшанба ва байрам кунлари.
Матбуот хизмати рақами: (+99871)266-18-53

Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги

Cайтнинг очиқлик сиёсати

Материалдан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда, uzedu.uz манбаси кўрсатилиши шарт.

Вазирлик сайтининг олдинги варианти.

Ҳозир сайтда: 37

Хато кўрсангиз белгиланг ва Ctrl+Enter ни босинг.