Uzb        Rus        Eng         
Fuqarolar murojaati

260 ta
murojaat kelib tushdi

216 ta
murojaat ko'rib chiqildi

8 ta
murojaat ko'rib chiqilmoqda

24 ta
murojaat rad etildi

5 ta
murojaat bekor qilindi

(2014 iyl 26 avgust holatiga)

Bitiruv imtihonlari qaysi usulda o`tishini istaysiz?

Test
Og`zaki
Yozma
Ikki bosqichda

Natijalar
Bu yerda Siz bizni yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin
A`zo bo`lish


MY.GOV.UZ
GOV.UZ
PRESS-SERVICE.UZ
CCITT.UZ
ZIYONET.UZ
EDUPORTAL.UZ
MULTIMEDIA.UZ
KITOB.UZ
BARKAMOL.UZ

    
    
 
 
  

BITIRUVCHI.UZEDU.UZ

Prezidentimiz Vazirlar Mahkamasining 2010 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo`ljallangan eng muhim ustuvor vazifalariga bag`ishlangan majlisidagi ma'ruzasida 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar ta'limi bilan to`laqonli qamrab olinishini nazarda tutgan holda, bitiruvchilarni o`qishga qabul qilishni tegishli ravishda tartibga solish zarur ekanligini ta'kidlab o`tgandilar. Joriy yilda yurtimizdagi barcha umumta'lim maktablarini olti yuz mingga yaqin 9-sinf o`quvchilari tamomlaydi. Bitiruvchilarni o`z qiziqish va layoqatlariga mos, kadrlarga bo`lgan mahalliy talablarni hisobga olgan holda, mutaxassislar tayyorlash asosida fan hamda kasb-hunar sirlarini chuqur o`rganishlari uchun ta'limning navbatdagi bosqichiga to`laqonli qamrab olishni to`g`ri tashkil etish maqsadida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan yangi loyiha amaliyotga joriy qilindi. Ya'ni, ushbu faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tatbiq etilib, veb-texnologiya asosida elektron dastur yaratildi hamda 2010-2011 o`quv yilidan boshlab bitiruvchi.uzedu.uz sayti ishga tushirildi.

Ushbu sayt yordamida kasb-hunarga yo`naltirish tizimining dastlabki va eng asosiy bosqichi - bitiruvchilarning ma'lumotlar bazasini yaratish ishi tez va samarali amalga oshirildi. Unga ko`ra, respublika bo`yicha barcha umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari to`g`risidagi ma'lumotlarning elektron bazasi shakllantirildi.

- O`tgan yili ham bitiruvchilar bazasini yaratish borasida o`ziga xos tajriba to`plangandi, - deydi Xalq ta'limi vazirligining AKT bo`limi yetakchi mutaxassisi Rafiq Normatov. - Biroq unda hududda nechta maktab bo`lsa, barchasidagi bitiruvchilar to`g`risidagi ma'lumotlar dastlab tuman xalq ta'limi bo`limiga qog`oz shaklida yig`ilar va o`sha yerda bitta kompyuterda elektron baza shakllantirilib, so`ng ma'lumotlar viloyatda, keyin respublikada jamlanardi. Bu tarzda ishlash o`ziga xos qiyinchilik va muammolarni yuzaga keltirishi tabiiy. Joriy yilda ushbu masalani hal qilishning onlayn shakliga o`tildi. Bugungi kunda "ZiyoNET" tarmog`i orqali internet kirib bormagan maktab qolmadi hisob. Yoki bunda hududdagi Internet klublari imkoniyatlaridan ham foydalansa bo`ladi.

Shuning uchun ham bitiruvchilarning elektron ma'lumotlar bazasini yaratishda hech qaysi maktab mushkullikka duch kelmaydi. Shuningdek, elektron ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida har bir www.bitiruvchi.uzedu.uz saytiga axborot kirituvchi umumta'lim muassasalari rahbariyati uchun alohida login va parol berildi. Dasturning qulay jihati shundaki, undan bir vaqtning o`zida istagan kishi foydalanishi mumkin. Qaysi maktab ma'lumot kiritishni necha foiz bajarayotgani kuzatuvchilarga ma'lum bo`lib boradi. Bu esa ayni masalada ortda qolayotgan ta'lim muassasasiga o`z vaqtida yordam ko`rsatish va ishning samaradorligini oshirishni kafolatlaydi.

Dasturning yana bir qulay jihati shundaki, ma'lumotlar bazasi shakllanib bo`lgandan keyin ham faqat maktab direktorlari unga tegishli tuzatishlarni bemalol kiritish imkoniga ega. Masalan, kimdir ta'lim olishni boshqa umumta'lim muassasasida davom ettirishi, bitiruvchilar safiga yangi o`quvchi kelib qo`shilishi, bolalarning ism-familiyasi o`zgarishi yoki ma'lumot kiritilayotganda yo`l qo`yilgan xatoliklarni tuzatishi mumkin. Bunda rahbar o`ziga berilgan "kalit so`zi" yordamida barcha yangiliklarni kiritib boradi.

Mazkur jarayonning ikkinchi bosqichida o`quvchilar ma'lumotlar bazasiga umumiy o`rta ta'lim to`g`risidagi shahodatnoma raqami va o`quvchining qaysi akademik litsey va kasb-hunar kollejiga hujjat topshirganligi to`g`risidagi ma'lumotlar kiritiladi. 

Shu bilan birga aytib o`tish kerakki, o`quvchilarga kasb-hunarlar to`g`risidagi axborotlarni berish, ularni ongli kasb tanlashga tayyorlashda turli elektron axborot ta'lim vositalaridan foydalanish ishning samaradorligini oshirmoqda.

- Hozirgi kunda umumta'lim maktablarida qo`llanib kelinayotgan o`quvchilarga kasblar to`g`risidagi boshlang`ich ma'lumotlarni yetkazish uchun o`zbek va rus tillarida "Kasblar olami" ("Mir professii") elektron dasturi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi, - deydi fikrini davom ettirib Rafiq Normatov. - Shuningdek, umumta'lim maktablari yuqori sinf o`quvchilarini kasb-hunarga yo`naltirishda 2 qismdan iborat "Kasbim - faxrim" o`quv filmi hamda "Tibbiyot sohasidagi kasblar" o`quv-video qo`llanmalaridan ham foydalanilayotir.

Hozirgi kunda, umumta'lim maktablarida Internet tizimidan "ZiyoNET" tarmog`i orqali ham ko`plab kasb-hunarga yo`naltirishga oid materiallarni olish imkoniyati yaratildi. Xalq ta'limi vazirligining Internetdagi www.uzedu.uz  rasmiy sayti o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirishga oid ma'lumotlar bilan boyitib borilmoqda. Xususan, umumta'lim maktablari bitiruvchilari tomonidan kasb-hunar kolleji va akademik litseylarga topshirilishi lozim bo`lgan hujjatlar ro`yxati, ariza namunasi, 1394 ta kasb-hunar kolleji va 142ta akademik litsey, ularda tayyorlanadigan kichik mutaxassislik yo`nalishlari va fanlarga ixtisoslashuvi haqidagi ma'lumotlar bilan bevosita tanishish mumkin.

Bundan tashqari, kelgusida 9-sinf bitiruvchilari bilan o`tkazilayotgan so`rovnomalarni elektron shaklda bitiruvchi.uzedu.uz sayti orqali olib borish ko`zda tutilmoqda. Bu jarayon ma'lumotlarni tezkor qayta ishlash, o`quvchilardagi qiziqish va moyilliklarni mehnat bozorida mavjud ish o`rinlari bilan qiyoslashga imkon beradi. 

Abror UMARQULOV



Maqola sanasi Maqola sanasi: 25 Mart 2011 11:48


Yangiliklar bolimiga o'tish


  


    

Login
Parol
Saqlanish
Ro'yxatdan o'tish
Parolingizni unutdingizmi?



 
Metodik tavsiyalar
Zamonaviy maktab direktori
Bitiruvchilar bazasi
Pochta
The Bat! sozlashlari

 Copyright © 2014
O'zbekiston Respublikasi
Xalq ta'limi vazirligi