Uzb        Rus        Eng         
Fuqarolar murojaati

228 ta
murojaat kelib tushdi

192 ta
murojaat ko'rib chiqildi

9 ta
murojaat ko'rib chiqilmoqda

23 ta
murojaat rad etildi

4 ta
murojaat bekor qilindi

(2014 iyl 2 avgust holatiga)

Maktab o'quvchisining formasi qaysi rangda bo'lishi maqul?

Oq
Ko'k
Qora
Yashil

Natijalar
Bu yerda Siz bizni yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin
A`zo bo`lish


MY.GOV.UZ
GOV.UZ
PRESS-SERVICE.UZ
CCITT.UZ
ZIYONET.UZ
EDUPORTAL.UZ
MULTIMEDIA.UZ
KITOB.UZ
BARKAMOL.UZ

    
    
 
 
  

Soglom avlod tarbiyasi ezgu maqsad

Navoiy viloyati shahar va tumanlarida 200 ga yaqin badiiy gimnastika va sport gimnastikasi to‘garaklari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov shu yil 25 fevral kuni Oqsaroyda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishida qizlarni sportga jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Qizlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun tegishli shart-sharoit yaratish lozimligini ta’kidladi.
Navoiy viloyatida qizlarni sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida go‘zallik va salomatlik asosi – badiiy gimnastikani ommalashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda.
Viloyatda gimnastika federatsiyasi, shahar va tumanlarda uning bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yili homiylar tomonidan viloyat gimnastika federatsiyasi hisobraqamiga 90 million so‘mga yaqin mablag‘ tushirildi. Bu – joylarda mazkur sport turi bo‘yicha to‘garak va seksiyalarni ko‘paytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash imkonini yanada kengaytirdi. Badiiy gimnastikaning qizlar kamolotidagi ahamiyati haqida olib borilayotgan tushuntirish ishlari natijasida, viloyatda nafis sport turiga qiziquvchilar 12 baravarga ko‘paydi. Hozir barcha shahar va tumanlarda 200 ga yaqin badiiy gimnastika va sport gimnastikasi to‘garaklari ishlab turibdi.
– Prezidentimiz O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishida Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi qancha-qancha yirik davlatlar vakillari orasida yuksak shohsupaga ko‘tarilganida to‘lqinlanib, hayajonli bir holatni boshidan kechirganini aytganida, qalbimiz g‘urur va iftixorga to‘ldi, – deydi Navoiy viloyati gimnastika federatsiyasi direktori Bahora Hamdamova. – Yurtboshimizning bu yuksak e’tibori hamda e’tirofi kuchimizga-kuch qo‘shdi.
Bir paytlar viloyatimizda badiiy va sport gimnastikasi bilan shug‘ullanuvchilar 600 nafarga ham yetmas edi. Bugunga kelib ularning soni 8 mingdan oshib ketdi. Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan o‘tgan yillar davomida shahar va qishloqlarimizda 57 sport majmuasi va zali qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu obyektlarda sport bilan shug‘ullanayotgan qizlar safi kengayib borayotgani quvonarlidir. Qizlar sportini rivojlantirishda malakali murabbiyalar tayyorlash masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois Navoiy davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda badiiy va sport gimnastikasiga oid o‘quv qo‘llanmalari tayyorlanib, murabbiyalarga tarqatilmoqda. Mazkur sport turlari bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etish ham an’ana tusini oldi.
Viloyatda gimnastikaning barcha turlari bo‘yicha muntazam sport musobaqalari tashkil etilayotir. Xususan, Navoiy shahridagi “So‘g‘diyona” sport saroyida badiiy gimnastika bo‘yicha xalqaro turnir yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda barcha viloyatlar hamda Ozarboyjon, Rossiya, Qozog‘iston davlatlaridan 160 nafar gimnastikachi ishtirok etdi.
Navoiylik gimnastikachi qizlarning mana shunday nufuzli musobaqalarda faollik ko‘rsatayotgani quvonarli. 2010 yil oktabr oyida Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Samarqand kubogi” musobaqasida viloyat vakillari Zarina Qurbonova, Karima Tog‘ayeva, Farangiz Ahmedova, Feruza Aminova sovrindorlar safidan joy oldi. Noyabr oyida Moskva shahrida o‘tgan “Oltin yaproqlar” xalqaro musobaqasida esa navoiylik gimnastikachi qizlar kuchli beshlikka kirdi. Xitoyning Guanchjou shahrida o‘tkazilgan “Osiyo o‘yinlari”da Navoiy sport maktabining tarbiyalanuvchilari Ulyana Trofimova hamda Jamila Rahmatova munosib ishtirok etdi.
Nurota tumanida ham badiiy gimnastika ommalashib bormoqda. Ayni paytda tumanda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan qurilgan 11 sport majmuasi va umumta’lim maktablaridagi sport zallarida badiiy gimnastika to‘garaklari faoliyat ko‘rsatayotir. G‘ozg‘on, Yangibino, Oqqula, Sovuqbuloq, Qadoq, Temirqovuq, Qizilcha, Sentob kabi qishloqlarda mingga yaqin qizlar ushbu sport turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
– Badiiy gimnastikaga qizlarimizning qiziqishi, ishtiyoqi juda baland, – deydi Nurota tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri Akmal Xalilov. – Ilgari mazkur yo‘nalish bo‘yicha murabbiyalar yetishmas edi. Bugungi kunda iqtidorli qizlarimiz Navoiy shahridagi sport kolleji va Navoiy davlat pedagogika institutida badiiy va sport gimnastikasi bo‘yicha mahorat saboqlarini olib, sport inshootlarimizdagi to‘garaklarga rahbarlik qilmoqda.
Tumandagi 2-maktabda tashkil etilgan badiiy gimnastika to‘garagi a’zolari tuman va viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan musobaqalarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Yaqinda shu to‘garak a’zosi, 3-sinf o‘quvchisi Malika Jahongirova viloyat musobaqasida birinchi o‘rinni egalladi.

– Prezidentimiz ta’kidlaganidek, farzandlarimizning sportga qiziqishi va intilishini bolalikdan uyg‘otishimiz lozim. Bu fikr, ayniqsa, badiiy gimnastikaga tegishlidir, – deydi murabbiya Durdona Rajabova. – Hozirgi kunda o‘quvchi-qizlar bilan birga 48 nafar jajji qizaloqlar ham mashg‘ulotlarimizda qatnashmoqda. Hamkasbim Nazira Fayziyeva bilan qizlarimizning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va mahoratini oshirishga harakat qilyapmiz. Ulardan umidimiz katta.

Barkamol avlod, komil insonni tarbiyalashdek oliy maqsadimiz go‘zallikka, nafosatga uyg‘un sport turlari bilan shug‘ullanayotgan mana shunday qizlarimiz timsolida ro‘yobga chiqmoqda.



Manba Manba: Uza.uz
Maqola sanasi Maqola sanasi: 01 Mart 2011 21:15


Yangiliklar bolimiga o'tish


  


    

Login
Parol
Saqlanish
Ro'yxatdan o'tish
Parolingizni unutdingizmi?



 
Metodik tavsiyalar
Zamonaviy maktab direktori
Bitiruvchilar bazasi
Pochta
The Bat! sozlashlari

 Copyright © 2014
O'zbekiston Respublikasi
Xalq ta'limi vazirligi