Fan oyligi

Yurtimiz umumta'lim maktablarida yaqindagina boshlangan kimyo, biologiya va fizika fanlari oyligi allaqachon qizg`in tusga kirgan. Bahor faslining kirib kelishi barchaga ko`tarinki kayfiyat bag`ishlagan bo`lsa, ushbu fan o`qituvchilarining g`ayratini yanada orttirdi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Endi ular har galgidan ko`proq va samaraliroq ishlashga, oylik davomida o`z fanlariga nisbatan o`quvchilar qiziqishini yanada oshirish, ular bilimini yangi-yangi ma'lumotlar bilan boyitishga harakat qilishmoqda. 
Xususan, poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 235-maktabda ham fan oyligi katta tayyorgarlik va puxta rejalar asosida boshlandi. Ayni paytda ushbu ta'lim dargohida o`qituvchilar fanga oid turli musobaqalar, ochiq darslar o`tkazib oylikning qiziqarli va ko`ngildagidek o`tishi uchun mehnat qilishmoqda. Ayniqsa, fizika fani o`qituvchisi Xurshida Xonnazarovaning 8-"A" sinfda "Elektr" mavzuida o`tgan laboratoriya mashg`uloti, kimyo fani o`qituvchisi Gavhar Karimovaning 7-"V" sinfda o`tgan "Asoslarning almashinishi va xossalari" mavzusidagi hamda biologiya fani o`qituvchisi Yelena Tamanovaning 7-"G" sinfda o`tgan darslari hamkasblari hamda o`quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.  




Maqola sanasi Maqola sanasi: 11 Mart 2010 11:55


Yangiliklar bolimiga o'tish


  


Bolalar musiqa va san'at maktablari

 Copyright © 2010
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi