“Ehg yaxshi o`qtuvchilar makatabi”

Ilg`or tajribalarni ommalashtiradi Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi Metodika markazi tomonidan tashkil etilgan seminar-treningda ma'ruzachi - Sergeli tumanidagi 300-maktab o`qituvchisi Marhabo Qurbonova "Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi-2009" ko`rik-tanlovi respublika bosqichi ishtirokchisi sifatida o`z tajribalari bilan o`rtoqlashdi.
Yakkasaroy tumanidagi 26-maktabda o`tkazilgan mazkur tadbirda 2004-2009 yillarda "Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi" ko`rik-tanlovlarida munosib ishtirok etib, sovrinli o`rinlarni egallagan 38 nafar muallim ishtirok etdi. "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi ijrosini ta'minlashga yo`naltirilgan "Ilg`or tajribalarning inson kamolotidagi ahamiyati" mavzuidagi ushbu seminar-treningda "Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi" tanlovi g`oliblari maktabini yaratish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Shu maqsadda seminar 17ta fan bo`yicha 8ta sho`'baga bo`lingan holda o`tkazildi. 
Tadbirning kirish qismida ta'kidlanganidek, eng ishonchli, ko`zga ko`ringan, yosh o`qituvchilarga dars o`tish metodikasi va tanlovga tayyorgarlik ko`rishga doir maslahatlar bera oladigan pedagoglarning tayanch maktablarini tashkil etish muhim ahamiyatga egadir. Ushbu maktablarda o`qituvchilar o`zaro tajriba almashib, dars o`tish jarayonida metodik qo`llanmalar, ko`rgazmali qurollardan foydalanish, zamonaviy axborot texnologiyalarini qo`llash imkoniyatiga ega bo`ladi.
- Bugungi tadbirda yosh mutaxassislarga tanlovga tayyorgarlik ko`rish, dars o`tishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo`yicha o`z tajribalarimni bayon etdim. Har bir dars mavzusiga tayyorgarlik ko`rish, axborot texnologiyalari, multimediya vositalaridan foydalanish hamda fanga nisbatan o`quvchilarning qiziqishlarini oshirish bo`yicha eng samarali usullarni qo`llash g`oliblik sari yetaklovchi bosh omildir, - dedi "Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi - 2007" ko`rik-tanlovi respublika bosqichi g`olibi, Yunusobod tumanidagi 273-maktab matematika fani o`qituvchisi Shahzoda Saidova.Bugungi yoshlarning bilim olishga intilishi yuqori. Bu hol pedagoglar zimmasiga yanada ko`proq mas'uliyat yuklaydi. Ommaviy tus olgan ko`rik-tanlov g`oliblaridan iborat "Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi maktabi"ning tashkil etilishi esa ta'lim sifati va samaradorligini oshirish sari tashlangan yana bir samarali qadam bo`lishiga shuhba yo`q.





Maqola sanasi Maqola sanasi: 11 Mart 2010 11:46


Yangiliklar bolimiga o'tish


  


Bolalar musiqa va san'at maktablari

 Copyright © 2010
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi