Yurtimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi hech kimdan kam bo`lmagan, jismonan va ma'naviy jihatdan yuksak salohiyatga ega farzandlarni voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu borada ayniqsa, 2004-2009 yillarda Maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi asosida shaharu qishloqlarimizdagi barcha ta'lim muassasalari zamonaviy qiyofa kasb etib, eng so`nggi rusmdagi kompyuter va o`quv-laboratoriya jihozlari bilan ta'minlangani katta ahamiyat kasb etmoqda. Barkamol avlod yilida ayni sohadagi ishlar davom ettirilmoqda. Bunda o`z navbatida, xorijiy hamkorlarning ham hissasi alohida.
Dunyoning rivojlangan davlatlari bilan do`stlik, madaniy aloqalarni o`rnatish va rivojlantirishda teng huquqli, o`zaro ishonchga asoslangan manfaatli hamkorlikning yo`lga qo`yilishi zamirida ham ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, uni zamon talablari asosida modernizasiya qilish maqsadi mujassamlashgan. Xususan, O`zbekiston bilan kunchiqar yurt - Yaponiya davlati o`rtasidagi ko`p tomonlama mustahkam aloqalar o`rnatilgan bo`lib, bu ta'lim sohasida ayniqsa, yaqqol seziladi.
Bugungi kunda ikki davlat o`rtasida ilg`or tajribalarni o`rganish va amaliyotga tatbiq etish masalalariga katta ahamiyat qaratilyapti va bu boradagi ishlar ko`lami yildan-yilga takomillashib bormoqda. O`tgan davr ichida Yaponiyaning O`zbekistondagi elchixonasi tomonidan Yaponiya hukumatining "Kichik masshtabli ijtimoiy loyiha"si doirasida mamlakatimizdagi umumta'lim maktablari uchun jami 9 million AQSh dollaridan ziyod bo`lgan 168ta kichik grant loyihalari asosida bir qancha ta'lim muassasalari qo`shimcha ravishda o`quv mebellari, kompyuter, multimedia vositalari, sport inventarlari, oshxona anjomlari hamda boshqa zarur jihozlar bilan ta'minlandi.
Kuni kecha poytaxtimizdagi Xalqaro Biznes markazida bo`lib o`tgan tadbirda umumta'lim maktablari tomonidan taqdim etilgan loyihalar asosida yana 6ta grant-shartnoma imzolandi. Umumiy qiymati 458 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur shartnomalar yurtimizdagi 6ta ziyo maskanini qo`shimcha ravishda turli mebellar, sport inventarlari, tikuv mashinalari va boshqa jihozlar bilan ta'minlanishga xizmat qiladi. Bu ta'lim muassasalari o`quvchilarining bo`sh vaqtlarini ham samarali tashkil etish sharoitini yaratishi shubhasiz.
- Ishonamanki, Yaponiya va O`zbekistonning do`stona aloqalari kelajakda yanada chuqurroq mazmun kasb etib boraveradi. Hamkorlikdagi bu loyiha xalqlarimiz o`rtasidagi do`stlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir, - deydi Yaponiyaning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Sutomu Xiraoka.
- Qo`lga kiritilgan grant asosida maktabimizga qo`shimcha ravishda 48 ming AQSh dollari miqdoridagi o`quv xonalari uchun mebellar, sport va oshxona anjomlari, turli jihozlar keltiriladi. Buning natijasida o`quvchilarimiz uchun yanada keng shart-sharoit yaratiladi. Xususan, o`quvchilarimizning kompyuter savodxonligi, sportga bo`lgan qiziqishlari ortadi, mehnat fani darslari yanada samarali tashkil etilishiga erishamiz, - deydi Samarqand shahridagi 1-sonli yordamchi maktab direktori Manzura Roziqova.
Darhaqiqat, bunday tadbirlar yurtimizda farzandlar kamolini o`ylab qilinayotgan keng ko`lamli ishlarning biri sifatida alohida e'tiborga molikdir.

| Maqola sanasi: 11 Mart 2010 11:37 |