Kitob tuman xalq ta'limi bo`limi xodimlari hamda qator izlanuvchan qalamkashlar ishtirokida tashkil etilgan kechani 3-umumta`lim maktab direktori Narzulla Xoliqov kirish so`zi bilan ochib, Zulfiyaxonim yoshlarga, xususan, ijodkor xotin-qizlarga berilayotgan e'tiborning ramziy ifodasi ekanligini aytib o`tdi.
O`quvchilarning muhabbat va vafo timsoliga aylangan shoira ijodidan namunalar o`qib, sahna ko`rinishlari va musiqiy chiqishlar qilishgani yig`ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ijodkor o`qituvchi Zamira Jovlieva va yosh iqtidorli shoira Dildora Ibrohimovalarning nazmiy chiqishlaridan ilhom olgan o`quvchilar Aziza Jalilova, Malika Ostonova, Munisa Bahromovalarning shoira she'rlariga muxammas tarzida bitgan ijod namunalari esa mehmonlarni yanada to`lqinlantirib yubordi.Yoshlar orasida iqtidorli qalamkashlarni aniqlab, ularni kelajakda yetuk ijodkorlarga aylanishiga ko`maklashishda ta'lim dargohlarida xalqimizning e'zozli ijodkorlariga bag`ishlab o`tkaziladigan shu kabi xotira kechalari, mushoiralarning ahamiyati katta.

| Maqola sanasi: 07 Mart 2010 13:31 |